Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 00:00 Selta 1-2 Real Madrid
20/10 15:00 Neftchi 2-2 Navbahor
20/10 15:30 Empoli 0-1 Napoli
20/10 17:00 Malyorka 1-0 Rayo Valyekano
20/10 17:15 Olimpik 1-0 Qizilqum
20/10 18:00 Lechche 0-6 Fiorentina
20/10 18:00 Venetsiya 0-2 Atalanta
20/10 18:00 Vulverhempton 1-2 Manchester Siti
20/10 19:15 Atletiko 3-1 Leganes
20/10 20:30 Liverpul 2-1 Chelsi
20/10 21:00 Kalyari 3-2 Torino
20/10 21:30 Vilyarreal 1-1 Xetafe
20/10 23:45 Roma 0-1 Inter
21/10 00:00 Barselona 5-1 Sevilya
21/10 18:00 So‘g‘diyona - OKMK
21/10 21:00 Al-Ayn - Al-Hilol
21/10 21:00 As-Sadd - Persepolis
21/10 21:00 Ash-Shorta - Paxtakor
21/10 23:00 Ar-Rayyan - Al-Ahli (SA)
21/10 23:45 Verona - Monsa
22/10 00:00 Valensiya - Las-Palmas
22/10 00:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas

Baxtiyor Ashurmatov: “Bugun juda qimmatli ochkolarni boy berdik”

Baxtiyor Ashurmatov: “Bugun juda qimmatli ochkolarni boy berdik”

Baho:
+ | -

Coca Cola superligasi 18-tur doirasidagi "Qizilqum" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida jamoamiz ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etishdi. 

- Gapning ochig‘i, o‘yindan keyin aniq fikr bildirish ham qiyin. Futbolchilar borlarini berib o‘ynashdi. Afsuski, futbol beshavqat o‘yin. 15 daqiqada ikkita gol o‘tkazib yubordik va afsuski mag‘lubiyatga uchradik. Bugun “Qizilqum”ga omad kulib boqdi. “Qizilqum”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Shogirdlarim bugun mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsak-da, borlarini berib o‘ynaganliklari uchun e’tiroz bildira olmayman. Afususki, mayda xatolar qimmatga tushdi. Oxirgi o‘yinlarda standart vaziyatlardan gol o‘tkazib yuboryapmiz. “Buxoro” bilan bahsda ham shunday bo‘lgandi. Balki biroz ximoyalanish uslubimizni o‘zgartirishimiz ham kerakdir. Birga-bir emas, zonali himoyaga o‘tishimiz kerakdir.

Hisob 1:1 bo‘lib turgan vaziyatda ham bizda yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Sardor Azimov qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Bu vaziyatda omad bizdan yuz ugirdi. “Qizilqum” esa keyingi xujumda imkoniyatdan samarali foydalanib g‘alaba qozondi. O‘yinning oxirida uch himoyachi bilan o‘ynadik va katta kuch bilan hujumga o‘tgandik. Tavakkal qilgandik. Afsuski, bu o‘zgarishlar samara keltirmadi. Biz juda ham og‘ir mag‘lubiyatga uchradik. Negaki, hozir biz shunaqangi vaziyatda edikki, yoki yuqori o‘rinlardan biriga chiqishimiz yoki joyimizda qolishimiz mumkin edi. Ammo bugungi yo‘qotilgan uch ochko imkoniyatlarimizni pasaytirib yubordi. Biz yuqori o‘rinlarni ko‘zlasak, bunday bahslarda g‘alaba qozonishimiz lozim edi. To‘g‘ri, hali oldinda o‘yinlar bor. Lekin juda qimmatli ochkolarni bugun boy berdik.

Yakuba Bamba o‘yinga yomon kirishib ketmadi. O‘yinni kuchaytirdi deb aytishim mumkin. Rayevas borasida shuni aytishim mumkinki, bugun mehmonda to‘p surganimiz tufayli bitta hujumchi Norbekov bilan o‘yinni boshladik. Norbekov legioner hujumchimiz Rayevasdan ko‘ra tezkor va shuning uchun uni asosiy tarkibda maydonga tushirdik.

Manba: Қўқон-1912 матбуот хизмати
Kiritildi: 22:55, 02.10.2020.
O'qildi: 2279 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.