Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Rayanni qutqarish lozim!

Rayanni qutqarish lozim!

Baho:
+ | -

Stadion.uz futbolchilik faoliyatini Bundesligada saqlab qolish ilinjidagi Rayan Sessenyon haqida fikr almashadi.

Qimmat va kelajagi porloq yigit

Achinarlisi shundaki, ushbu yigitning «Tottenhem» safida ekanligini sekin-asta unutib qo‘ymoqdamiz. Yangi mavsumdagi zich taqvimga qaramay, Joze uni atigi bir bor o‘yin qaydnomasiga kiritdi xolos. Portugaliyalik mutaxassis 20 yoshli iqtidorni umuman asosiy tarkibda ko‘rmayapti. Shu bois, uning ijara asosida Germaniyaga yo‘l olishiga qarshi emas. Aslida, Joze uni bemalol sotib yuborishi mumkin edi, ammo uning transfer qiymati 25 million yevro xolos.

Vaziyat juda g‘alati. Sababi, uch yil avval chap qanot himoyachisi butun Britaniya e’tibor markazida edi. Chaqqon chap qanot himoyachi tengdoshlari bilan birgalikda Angliya terma jamoasini Jahon chempionligi sari yetaklagan edi. E’tiborlisi shundaki, Rayan nafaqat o‘smirlar o‘rtasida JCH g‘olibi, balki o‘sha musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb ham e’tirof etilgan. Kichik mundialdan so‘ng, barcha APL grandlari «Fulhem»ga havas ko‘zi bilan boqqani rost. Gap shundaki, klub safida Rayanning egizak ukasi – Stiven Sessenyon ham birga to‘p tepgan. O‘ng qanot fulbeki sifatida faoliyatini boshlagan himoyachi Rayan singari iqtidorli emas edi. Shu bois, uning katta futbolga kirib kelishi yorqin o‘tmadi. «Fulhem» bilan 2017/18 yilgi mavsumda APL yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan futbolchilarning qisqa muddatda personal muxlislari soni ortib ketdi. Mavsum davomida 56 ta o‘yinda ishtirok etgan qahramonimiz raqib darvozasini 16 bor ishg‘ol qildi va Chempioshipning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Bundan tashqari, Angliyada o‘sha yili uni yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topishdi. Sessenonlarning kattasi erishgan yutuqlar shu darajaga borib yetdiki, hatto uni terma jamoadan chaqiruv olishini kuta boshlashdi. Garet Sautgeyt Rossiyadagi mundialga Rayanni olib ketmadi. Bu esa, Britaniyada katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Barcha, murabbiyni Sesenyon uchun keskin tanqid qildi. Sababi, o‘sha davrlarda yosh futbolchi bilan «Barselona» klubi muzokaralar olib borayotgan edi.

Osmondan yerga tushgan bolakay

APlda uzoq kutilgan debyutni omadli chiqdi deb bo‘lmaydi. APLning 35 ta o‘yinida maydonga tushgan futbolchi ikkita gol kiritdi, ammo yaxshi taassurot qoldirishni uddalay olmadi. Uni faqat 2000 yilda tug‘ilgan futbolchilar orasida APL bahslarida gol urgani bilangina eslab qolishdi. «Fulhem» himoyachisining terma jamoadan chaqiruv olishi esa, ochiq savolligicha qolib ketdi. «Fulhem» mavsum so‘nggida APLni tark etdi. Shu sababli, Rayanni «Tottenhem»ga 25 million yevro evaziga pullashga qaror qilishdi.

Sessenyonning APLdagi omadsiz debyuti amalga oshgan mavsumda, Angliya futbolida yangi yosh yulduzlar paydo bo‘lishni boshladi. Jeydon Sancho, Fil Foden, Meyson Grinvud, Xudson-Odoi va boshqalar Rayanni soyada qolib ketishiga sabab bo‘ldi. Ularning yorqin o‘yinlari sababli ingliz muxlislari qisqa muddat ichida chap qanot «raketasi»ni unutib ham yuborishdi. Achinarlisi shundaki, qahramonimiz Pochettinyo qo‘l ostida ham, Joze qo‘l ostida ham o‘zini yaxshi his etmadi. O‘smirlar futbolidan katta futbolga o‘tish jarayoni juda yomon o‘tgani bois, o‘z sport formasini yo‘qotib qo‘ydi. U yoshlar orasida porlab, keyin yo‘q bo‘lib ketuvchi futbolchilar qatoridan deyarli joy olib bo‘ldi. Shu bois, qahramonimiz o‘zi uchun noqulay bo‘lgan Bundesligaga yo‘l olisha qaror qildi. Ayni damda, uning faoliyatini qutqarib qolish uchun bundan boshqa yechim yo‘q ekanligini anglab yetdi.

Aslida qayerlik bu yigit?

Sessenyon – bu inglizcha familiya emas. Unda fransuz ohangi bor ekanligini darrov anglagan bo‘lsangiz, ajab emas. Rayanning ota-bobisi Fransiya qo‘l ostida bo‘lgan Benin mamlakatidan. Rayan va Stiven 2000 yilning 18 may sanasida London yaqindagi Rogemptonda tavvalud topgan.

Bu yigitlarning yaqin qarindoshi bo‘lgan Stefan Sessenyon haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. 2011 yilda APL klubi (Sautgempton) bilan shartnoma imzolagan hujumchi 5 mavsum davomida «tumanli albion»da qolib ketdi. Bu orada tilni yaxshi o‘zlashtirdi. Stefan 2016 yilda ortga Fransiya qaytdi. Bir mavsum «Monpele» sharafini himoya qilgach, Turkiyaga ko‘chib ketdi va bugungi kunda o‘sha yerda istiqomat qilmoqda.

Endi Yaqindagina Britaniya futboli kelajagi deb e’tirof etilayotgan Rayan Sessenyon haqida. Katta ehtimol bilan himoyachi yangi mavsumni Bundesligada davom ettiradi. «Gerta» uni ilib ketish ilinjida, biroq «Xoffenxaym» asosiy da’vogar. 20 yoshli ingliz uchun yana kimdir kurashga qo‘shilishi mumkin. Germaniya klublar Rayanning «Tottenhem»dagi omadsizligini tasodifga yo‘ymoqda. Huddi Jeydon Sancho singari u ham tez orada 100 million yevrolik futbolchiga aylanishi mumkin. Undagi iqtidor, ajoyib zarba va super tezlik 2 yil ichida hech qayerga yo‘q bo‘lib qolmagan. Shunchaki, yosh futbolchi uchun muhim bo‘lgan o‘z kuchiga ishonch va o‘yin amaliyoti taqdim etilishi lozim. Faqat shu yo‘sindagina yosh iqtidorli erta so‘nib qolishdan asrab qolish mumkin. Uning egizak ukasi Stiven Sessenyon yangi mavsumni «Bristal Rovers» safida boshladi. Unga va tez orada Bundesligada ko‘rinish beruvchi Rayanga omad tilab qolamiz.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 13:16, 03.10.2020.
O'qildi: 3448 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.