Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Mourinyo: «MYU»da yutish kerak bo‘lgan barcha narsani qo‘lga kiritdim»

Mourinyo: «MYU»da yutish kerak bo‘lgan barcha narsani qo‘lga kiritdim»

Baho:
+ | -

Londonning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo APL doirasida «Manchester Yunayted» klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan Manchester shahrida amalga oshirgan ishlari haqida fikr bildirdi.

«Muxlislar qo‘limdan kelgan barcha narsani qilganimni yaxshi tushunadi. «MYU»da yutish kerak bo‘lgan barcha sovrinni qo‘lga kiritdim. Yutishni ilojisi yo‘q narsalarni yutmadim.

Hamma narsamni berdim, hayotimni klubga bag‘ishladim, har doimgidek professionalman.

Klubda ko‘plab ajoyib insonlarni uchratdim, bir umrlik do‘stlar ortirdim. Menda «MYU»ga nisbatan iliq tuyg‘ular bor, lekin bu tuyg‘uni 90 daqiqaga unutishimga to‘g‘ri keladi. Bu futbol, ular g‘alaba qozonishni xohlaydi, men ham zafar quchishni istayman», – dedi portugaliyalik mutaxassis.

Mourinyo «Manchester Yunayted» bilan birga Angliya Liga Kubogi, Angliya Superkubogi va Yevropa Ligasida g‘olib chiqqan.

Kiritildi: 23:00, 03.10.2020.
O'qildi: 9457 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик