"Yuventus" markaziy himoyachisi Daniele Rugani faoliyatini "Renn"da davom ettiradi. Bu haqda Turin klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Renn" Ruganini 2020/2021 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga oldi.
Xabar qilinishicha "Yuventus" bir yarim million yevro ishlab oladi.