Kirish Ro'yxatdan o'tish

A seriya. «Napoli» Turinga tashrif buyurmadi

A seriya. «Napoli» Turinga tashrif buyurmadi

Baho:
+ | -

4 oktyabr kuni Turinda A seriyaning 4-turidan o‘rin olgan «Yuventus» va «Napoli» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘tkazilishi kerak edi.

«Keksa sinyora» stadionga yetib kelib, hatto asosiy tarkibni e’lon qildi. Ammo neapolliklar o‘yinga tashrif buyurishmadi. Neapol shahri hukumati tibbiy nuqtai nazardan jamoaning mazkur o‘yinda ishtirok etishiga ruxsat bermadi.

Klub bugun tushdan keyin bayonot berib, «Napoli» mamlakat bo‘ylab xavfsiz harakat qila olmasligini ma’lum qilgan edi. A seriya esa «Napoli»ning «Yuventus»ga qarshi o‘yinda ishtirok etish imkoniyati cheklanganini isbotlay olmasligini ta’kidladi.

Endi reglamentga ko‘ra, turinliklarga texnik g‘alaba yozilishi kerak, lekin A seriya protokoli bunday holatlarda sog‘liqni saqlash organlari yoki hukumatga istisno qilish imkonini beradi. Shuning uchun, «Napoli»ga texnik mag‘lubiyat yozilsa, jamoa bu qaror ustidan shikoyat kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Napoli" futbolchilari — Petr Zelinski va Elif Elmas topshirgan test musbat natija bergan edi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 01:59, 05.10.2020.
O'qildi: 6502 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик