Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Mashhur futbolchilarning farzandlari

Mashhur futbolchilarning farzandlari

Baho:
+ | -

Yaqindagina Enrike Kezaning o‘g‘li Federiko Keza Turinning «Yuventus» jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Futbolchi o‘z otasi izidan ketmoqda. U ham Enrike singari Italiya terma jamoasining muqim a’zosiga aylanmoqchi ekanligini yashirib o‘tirmayapti. Xo‘sh, ayni damda yana qaysi sobiq futbolchilarning farzandlari yashil maydonda to‘p tepmoqda? Bugun ulardan eng mashhurlarini yodga olamiz.

Jastin Klyuvert - Patrik Klyuvert

Jastinning otasi - Patrik futbolchilik faoliyati davomida "Ayaks«, »Milan« va »Barselona« singari grandlar sharafini munosib himoya qilgan. Terma jamoa safida 40 ta gol kiritgan futbolchi, klublar miqyosda ham 200 dan ortiq raqib darvozalarini ishg‘ol qilgan. Uning uyida YECHL, La Liga va A seriya oltin medallari mavjud. Qahramonimizning uchta o‘g‘li bor. Ularning kattasi - Jastin allaqachon katta futbolda o‘z nomiga ega bo‘ldi. Avvaliga "Ayaks«da porlagan futbolchi keyinroq "Roma" safida to‘p tepdi. Endi esa, »RB Leypsig" bilan yangi marralarni zabt etish orzusida. Unda, otasini quvib o‘tish uchun imkoniyat mavjud. Hujumchi, Yulian Nagelsman qo‘l ostida yangi darajaga chiqishi taxmin qilinmoqda.

Markus Tyuram - Lilian Tyuram

E’tiborlisi shundaki, Lilian o‘z vaqtida Enrike Kyeza bilan birgalikda «Parma» sharafini himoya qilgan. Enrike singari Lilianning ham farzandi otasi singari futbolchi bo‘lishni tanladi. E’tiborlisi shundaki, 1998 yildagi Jahon chempioning o‘g‘li hujum chizig‘ida to‘p surishga qaror qildi va buni hozircha yaxshi uddalamoqda. Markus o‘tgan mavsumda Bundesligada juda ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazdi. 11 ta gol va 9 ta assist. «Borussiya M» jamoasi yangi mavsumda YCHL doirasida «Real» va «Inter» bilan to‘qnash keladi. Aynan o‘sha uchrashuvlarda Tyuramning katta o‘g‘li nimalarga qodir ekanligini ko‘rib olishimiz mumkin.

Erling Xoland - Alf-Inge Xoland

Alf Angliyada munosib mavsumlarni o‘tkazgani bilan ko‘plab muxlislarning yodida qolgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Alf Roy Kin bilan doimo maydon ichida va tashqarisida dushmanlikni o‘z o‘rniga qo‘ygan. Aynan shu omil sababli ota o‘z o‘g‘lini Sulsher qo‘l ostida to‘p surishini istamadi. Qaysidir ma’noda bu qaror o‘zini yuz foiz oqladi. Dortmund klubiga ko‘chib o‘tgan Erling super sermahsullik namoyish etishga tushib ketdi. Endigina 20 yoshga kirgan futbolchi allaqachon 70 dan ortiq gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Agar u shu tempda davom etsa, tez orada «Lids», «Manchester Siti» va «Nottingem» klublari sharafini himoya qilgan otasidan o‘zib ketishi aniq.

Kasper Shmeyxel - Piter Shmeyxel

Kasper «Lester» safida Angliya chempionligini qo‘lga kiritgach, otasidan o‘zib ketish imkoniyatiga ega edi. Afsuski, qahramonimizning faoliyatida boshqa ulkan yutuqlar ko‘zga tashlanmadi. Daniya bilan Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan Shmeyxellarning kattasi «M-YU» bilan deyarli barcha musobaqada g‘alaba qozonishni ham uddalagan. Uning o‘g‘li u erishgan yutuqlarga erisha olmadi, ammo Piter farzandi bilan faxrlanishini yashirib o‘tirmaydi.

Jovanni Simeone - Diyego Simeone

«El-CHolito» allaqachon katta insonga aylangan. Uning katta o‘g‘li Jovanni o‘zining A seriyadagi beshinchi mavsumini boshladi. Qahramonimiz tez orada rasman 150-uchrashuvida maydonga tushadi. Hozircha, uning hisobida 45 ta gol mavjud. Ajoyib ko‘rsatgich, ammo hozircha uni argentinalik hujumchilar elitasiga qabul qilishganicha yo‘q. Shunga qaramay, Jovanni otasi singari tirishqoqlik bilan tepaga intilmoqda. Bu harakat tez orada o‘z samarasini berishi turgan gap.

Jordan Larsson - Xenrik Larsson

Jordan o‘zini otasi bilan solishtirishlarini u qadar hush ko‘rmaydi. «Barselona» va «Manchester Yunayted» singari jamoalarda munosib to‘p surgan futbolchi bilan uning «Sparkat»dagi faoliyatini qiyoslash mushkul. Ayni damda, Jordan Moskva klubi safida 40 bor maydonga tushdi va 20 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilishda faol ishtirok etdi. Boshlanishi chakki emas.

Yanis Xadji - Georgi Xadji

Ayni damda Afsonaviy futbolchi - Georgi Xadjining o‘g‘li Yanis «Glazgo Reynjers» sharafini munosib himoya qilmoqda. Stiven Jerrard bilan faoliyat olib borayotgan hujumkor yarim himoyachi jamoaning yetakchilaridan biriga aylanib oldi, desak adashmagan bo‘lamiz. Yangi mavsumda qahramonimiz allaqachon 6 ta assit va 1 ta golni o‘z hisobiga yozib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Hozircha, yaxshi temp, biroq otasining darajasiga chiqishi uchun hali unga «bir nechta qovun pishig‘i bor».

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:35, 07.10.2020.
O'qildi: 12324 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.