Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Mbappe atrofida yangi mish-mishlar: “Real”dagi vaziyat keskinlashmoqda

Mbappe atrofida yangi mish-mishlar: “Real”dagi vaziyat keskinlashmoqda

Baho:
+ | -

Ispaniya matbuotida Kilian Mbappe atrofida navbatdagi shov-shuvli xabarlar paydo bo‘ldi. Ayrim manbalar futbolchining so‘nggi jarohatini “Real Madrid”dan vaqtincha uzoqlashish sifatida baholamoqda. Bu haqda Goal nashri xabar berdi.

2029 yilgacha amal qiluvchi shartnomaga ega hujumchi “Betis”ga qarshi uchrashuvda tizzasidagi og‘riq sabab o‘yin tugashiga 10 daqiqa qolganda maydonni tark etgan. Uning almashtirilishidan so‘ng madridliklar gol o‘tkazib yuborib, durang qayd etdi va bu natija chempionlik poygasidagi imkoniyatlarni deyarli nolga tushirdi. O‘yinda Ektor Belerin tomonidan kiritilgan gol oldidan Ferlan Mendiga nisbatan qo‘pollik bo‘lgani muhokama qilinmoqda. Mazkur epizod bosh murabbiy Alvaro Arbeloaning noroziligiga sabab bo‘lgan, Antonio Ryudigerning xatosi esa vaziyatni yanada murakkablashtirgan.

Uchrashuvdan keyin muxlislar norozi kayfiyatini yashirmadi. Qayd etilishicha, muxlislar Mbappening jarohat sabab maydonni tark etganiga shubha bilan qarashgan va uning o‘yinga to‘liq tayyor emasligini ta’kidlashgan.

Marca nashri esa vaziyatni yanada keskin talqin qilib, birinchi sahifada “Mbappening sabr-kosasi to‘ldi” sarlavhasini chiqardi. Manbaga ko‘ra, bunga JCH oldidan takrorlanayotgan jarohatlar hamda kiyinish xonasidagi noaniq vaziyatlar sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, futbolchining jamoadoshlari bilan munosabatlari yomonlashayotgani haqidagi xabarlar ham tilga olinmoqda.

Ichki muhitga doir ma’lumotlarda Mbappening Jud Bellingem bilan bir necha bor kelishmovchilikka borgani, shuningdek, uning bosh murabbiy Alvaro Arbeloaga nisbatan munosabati ham ijobiy emasligi aytiladi. Bundan tashqari, futbolchi klubda Vinisius Juniorga ko‘proq ustunlik berilayotganidan norozi ekani ta’kidlanmoqda.

Hozirda Vinisius amaldagi shartnomasini uzaytirishga yaqin. Avvalroq muzokaralar maosh masalasi va murabbiylar bilan bog‘liq kelishmovchiliklar tufayli to‘xtab qolayotgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, braziliyalik futbolchi eng yuqori maosh talabi bo‘yicha pozisiyasini yumshatib, bu borada yetakchilikni Mbappega qoldirishga tayyor.

Mavsum yakunlari ham klub ichidagi vaziyatga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar Alvaro Arbeloa jamoani sovrinsiz yakunlasa, uning iste’fosi ehtimoli yuqori. Bu esa Mbappe uchun ijobiy o‘zgarish sifatida ko‘rilmoqda.

Murabbiylikka ehtimoliy nomzodlar qatorida Didye Desham tilga olinmoqda. U va Mbappe o‘rtasida Fransiya terma jamoasidagi hamkorlikdan shakllangan ijobiy munosabatlar mavjud.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:23, 26.04.2026.
O'qildi: 7073 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик