Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

«Mash’al» yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi

«Mash’al» yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi

Baho:
+ | -

Muborakning "Mash’al" professional futbol klubi rahbariyati jamoaning kelajakdagi strategik rejalari va oldiga qo‘yilgan yuqori maqsadlaridan kelib chiqqan holda, Ildar Usmanovich Sakayevni bosh murabbiy etib tayinladi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv joriy yilning yakuniga qadar amal qiladi.
 
"Ildar Sakayev o‘zbek futbolida katta tajribaga ega bo‘lgan, sohaning ichki tizimini mukammal biladigan mutaxassislardan biri hisoblanadi. U futbolchilik faoliyati davomida "Navbahor", "Kosonsoychi", "So‘g‘diyona" kabi jamoalarda yarim himoyachi va hujumchi sifatida to‘p surgan. Murabbiylik faoliyatida esa "Oq-tepa", "Andijon" va "Yangiyer" kabi klublarni boshqarib, muxlislar va mutaxassislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Ayniqsa, uning "Andijon" klubidagi faoliyati davomida jamoani Proligadan Superligaga olib chiqqani murabbiyning yuqori salohiyatidan dalolat beradi.
 
So‘nggi yillarda Ildar Sakayev "Mash’al" klubi tizimida sport direktori va akademiya direktori lavozimlarida muvaffaqiyatli mehnat qilib keldi. U klubning ichki muhitini, akademiyadagi yosh iqtidorlarning imkoniyatlarini va jamoaning umumiy strategiyasini juda yaxshi biladi. Aynan mana shu omillar va murabbiyning boy tajribasi uning ushbu mas’uliyatli lavozimga tayinlanishiga asos bo‘ldi. Yangi bosh murabbiy oldiga jamoaning turnir jadvalidagi mavqeini mustahkamlash, akademiya tarbiyalanuvchilarini asosiy tarkibga integratsiya qilish va muxlislarga yoqadigan mazmunli o‘yin namoyish etish vazifalari qo‘yilgan.
 
"Mash’al" PFK jamoasi Ildar Usmanovichga kelgusi faoliyatida va qo‘yilgan maqsadlarga erishishda ulkan zafarlar tilaydi", — deyiladi klub matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 17:52, 26.04.2026.
O'qildi: 1966 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик