Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 20:00 Argentina 2-0 Xorvatiya
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

Yangi fleshmob! «Barselona»dan o‘zgacha yurish va boshqa qiziqarli lavhalar

Yangi fleshmob! «Barselona»dan o‘zgacha yurish va boshqa qiziqarli lavhalar

Baho:
+ | -

Yaqindagina Tvitter ijtimoiy tarmog‘ida yangi fleshmob start oldi. «Hammasi nimadan boshlandi - hozir qanday ahvolda» deb nomlagan fleshmobning sharti juda oddiy. Barcha, boshlangan ish va uning yakuni aks etgan suratlarni tarmoqqa joylamoqda.

Bunday imkoniyatni futbol klublari ham qo‘ldan boy berishni istamadi. Birinchilardan bo‘lib «Barselona» ishga kirishdi. Kataloniya klubi Leo Messining «La Masiya»ga qabul qilingani haqidagi kartochkasi va «Oltin to‘p»lar aks etgan suratni namoyish etdi.

Ko‘p o‘tmay «qizil iblislar» ham ishga kirishdi. Jamoa Markus Reshfordning evolyusiyasini ko‘z-ko‘z qildi. «Liverpul» esa, vaziyatdan unumli foydalandi. Kloppning «Liverpul» bilan shartnoma imzolaganini klubning rasmiy akkaunti ajoyib tarzda namoyish etdi. Suratda, «Enfild»ga ilk bor kelgan Yurgen va 30 yillik tanaffusdan so‘ng APL chempionligini qo‘lga kiritgan Yurgenlar aks etgan. «Liverpul»ning qo‘shnisi, «Everton» ham bir chetda qolishni istamadi. «Irislar» o‘z hujumchisi Dominik Kelvert-Lyuin qay darajada tez o‘sib borayotganini namoyish etdi. Shuningdek, klub o‘z futbolchisi terma jamoa safida gol urayotganiga ham shama qilib o‘tdi. Germaniya klublaridan «Borussiya Dortmund» birinchilardan bo‘lib vaziyatga aralashdi. Klub o‘z sardori Marko Roysning sodiqligini yana bir bor namoyish etishga qaror qildi. Suratda Akademiyaga endi qabul qilingan bolakayning sardor darajasiga ko‘tarilgani aks etadi.

Turin super klubi esa, ortiqcha kreativlik namoyish etib o‘tirmadi. Shunchaki, BuffonKilian Mbappe ham bu fleshmobdan chetda qolishni istamadi. Bir qarashda tushunarsiz, biroq buning o‘ziga xos tarixi mavjud. Futbolchining aytishicha, uning golni nishonlash uslubi aslida ukasiga tegishli. Mbappe esa, bu nishonlash qay darajada ommalashganini «FIFA 21» simulyatori misolida namoyish etmoqda. Fleshmobga qiziqish ortgach, Alfonso Devis ham ishga kirishdi.

Hatto, turli videoo‘yinlar ishlab chiqaruvchi EA Sports ham chetda qolmadi. Ular «FIFA 97» - «FIFA 21»ni solishtirish orqali qay darajada progress bo‘lganini namoyish etishdi. Oston O‘runovning jamoasi ham bundan chetda qolishni istamadi. «Spartak» Henrik Larssonning o‘g‘li Jordan Larssonning qisqa vaqtda futbol yulduziga aylanganini ko‘rsatishga urinib ko‘rdi. Beylning ortga qaytgani «Tottenhem»ga qo‘l keldi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Aks fleshmobda «shporlar» aytarli hech narsa bilan maqtana olmas edi. «Real Madrid» esa, «el-kapitano»ning Madriddagi ilk kuni va bugungi bilan solishtirdi. Tan olish lozim, Ramos ushbu vaqt mobaynida juda ko‘p sovrinlarga ega chiqdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:26, 10.10.2020.
O'qildi: 12599 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.