Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Boliviyalik muxlislar Messini ko‘rish uchun hech narsadan tap-tortishmadi (Foto)

Boliviyalik muxlislar Messini ko‘rish uchun hech narsadan tap-tortishmadi (Foto)

Baho:
+ | -

Bugun tongda Argentina terma jamoasi sayyoramizdagi eng baland nuqtada joylashgan arenalardan birida mehmon bo‘lganidan xabaringiz bor. La Pas shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yinga bo‘lgan qiziqish juda ulkan ekanligini aniq. Sababi, Boliviya poytaxtiga shaxsan Leo Messi tashrif buyurdi. Pandemiya sababli hukumat stadionlarga kirishni man etganiga qaramay, qiziquvchan boliviyaliklar uchrashuvni tomosha qilishning ajoyib uslubini o‘ylab topishdi.

Uchrashuv bo‘lib o‘tgan arenaga alohida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. «Ernando Siles» stadioni dengiz sathidan 3600 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, bu yerda futbolchilarning nafas olishi mushkul. Sho bois, Janubiy Amerika terma jamoalari Boliviyada mehmon bo‘lishni u qadar hush ko‘rmaydi.

E’tiborlisi shundaki, Argentina futbol rahbarlari vaziyatdan chiqib ketishning o‘zgacha uslubini qo‘llashdi. Aslida, jamoa doimo Boliviyaga qarshi o‘yinga oz fursat qolganda tashrif buyurar, o‘yin yakunlanishi bilan ortga qaytar edi. Bu safar, Skalone shogirdlari uchrashuvdan ikki kun avval La Pasga tashrif buyurishdi va havoga moslashishga urinib ko‘rishdi. Ikki kun davomida mashg‘ulotlarda qatnashgan Argentinani deyarli barcha kuzatish ilinjida turli yo‘llarni ishga soldi.

Shu ikki kun davomida futbol muxlislari Argentina terma jamoasining mashg‘ulotlarini tomosha qilish uchun stadion atrofidagi balandliklardan, ko‘pqavatli uylarning tomlaridan joy egallashdi. Argentina terma jamoasi Boliviyaga qarshi kechgan o‘yinda 2005 yildan beri davom etib kelgan noxush an’anaga chek qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoa og‘ir o‘tgan o‘yinda g‘alaba qozondi.

Uchrashuvni tomosha qilish uchun yig‘ilgan muxlislarning barchasi ham qulay joylashib oldi deb bo‘lmaydi.

Kimlardir  binokldan ham foydalanib ko‘rishdi.

Bu muxlislarni uchrashuv komissari o‘yin protokoliga kiritmagani aniq.

Uchrashuv boshlanishidan avvalroq muxlislar o‘zi uchun «qulay» o‘rindiqlarni band qilishni boshlashdi.

Messi o‘yin oldi mashg‘ulotlar chog‘idayoq boliviyaliklarning asosiy nishoniga aylangan edi.

«Ernando Siles» o‘z bag‘riga 40 ming muxlisni sig‘dirishga mo‘ljallangan, biroq o‘yin kuni tribunalar bo‘m-bo‘sh edi. Pandemiya sababli, Boliviya 4 yilda bir marta bo‘lib o‘tuvchi super uchrashuvni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lishdi.

O‘yinda hisobni birinchi bo‘lib mehmonlar ochishdi. Lautaro Martines Messining gollar seriyasiga barham berdi. 2016 yilning noyabr oyidan beri Argentina terma jamoasida JCH saralash uchrashuvlarida Messidan boshqa futbolchi gol kiritmagan edi.

Uchrashuv Argentina terma jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:18, 14.10.2020.
O'qildi: 8796 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик