Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Prevyu. "Paxtakor" - "Qizilqum"

Prevyu. "Paxtakor" - "Qizilqum"

Baho:
+ | -1

"Paxtakor" Superliganing 19-turida Toshkentda "Qizilqum"ni qabul qilishadi.

Chempionat doirasida jamoalar 41 uchrashuvda maydonga tushishgan. O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik yaqqol jamoamiz tarafida. 34 bahsda zafar quchgan "Paxtakor" 6 bor raqib bilan durang o‘ynagan va bir marta imkoniyatni boy bergan. "Qizilqum" darvozasiga 114 gol urilib, 23 to‘p o‘tkazib yuborilgan.

Toshkentdagi uchrashuvlarning 17tasida jamoamiz g‘alaba qozonib, 2 durang va 1 mag‘lubiyatni qayd etgan. Navoiy jamoasi oxirgi marta safarda 2010 yil ochko olgan - 0:0. O‘z maydonida "Paxtakor" 7 bor ushbu raqibni yirik natija bilan taslim qilgan. O‘tgan mavsumda Toshkentda jamoamiz 8:0 hisobida zafar quchishga erishgandi.

O‘zbekiston oliy ligasi tarixida qayd etilgan eng yirik natija - 11:0 hisobi jamoalarning Navoiyda 2007 yil o‘tgan bellashuvida kuzatilgan. O‘shanda "Paxtakor" hozirgacha rekord sanalgan yirik g‘alabani qo‘lga kiritgan.

Bahsni jamoalardan diskvalifikasiya tufayli o‘tkazib yuboradigan futbolchilar mavjud emas.

"Paxtakor" va "Qizilqum" o‘rtasidagi o‘yin 18 oktyabr, yakshanba kuni soat 17:30da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 10:20, 16.10.2020.
O'qildi: 2105 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик