Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 19:00 Metallurg 1-1 Navbahor
24/05 19:30 Olimpik 0-0 Andijon
24/05 23:45 Jenoa 2-0 Bolonya
25/05 00:00 Jirona 7-0 Granada
25/05 17:00 Osasuna - Vilyarreal
25/05 19:15 Real Sosyedad - Atletiko
25/05 21:00 Yuventus - Monsa
25/05 21:30 Almeriya - Kadis
25/05 21:30 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
25/05 23:45 Milan - Salernitana
26/05 00:00 Real Madrid - Betis
26/05 17:00 Xetafe - Malyorka
26/05 19:15 Selta - Valensiya
26/05 19:15 Las-Palmas - Alaves
26/05 21:00 Atalanta - Torino
26/05 21:00 Napoli - Lechche
26/05 23:45 Verona - Inter
26/05 23:45 Empoli - Roma
26/05 23:45 Frozinone - Udineze
26/05 23:45 Lasio - Sassuolo
27/05 00:00 Sevilya - Barselona

APLning eng katta maosh oluvchi futbolchilari bilan tanishing! (Top 20)

APLning eng katta maosh oluvchi futbolchilari bilan tanishing! (Top 20)

Baho:
+ | -

Stadion.uz Angliya Premyer Ligasining eng katta maosh oluvchi futbolchilari bilan yaqindan tanishtirib o‘tadi.

5-o‘rin. Mesut O‘zil

"Arsenal" yarim himoyachisi »Real" bilan xayrlashishni istamagan edi, biroq Karlo Anchelottining talabiga binoan uni Londonga jo‘natishga qaror qilishdi. Nemis futbolchisini ko‘ndirish maqsadida jamoa unga klub tarixidagi rekord summadagi maoshni taklif qilishga majbur bo‘ladi. Oqibatda, O‘zil "Arsenal«dan kelib tushgan ajoyib taklifni qabul qiladi va »tumanli Albion"ga ko‘chib o‘tadi. E’tiborlisi shundaki, qahramonimiz so‘nggi mavsumlarda deyarli maydonga tushmay ham maosh olish borasida kuchli beshlikdagi o‘rnini saqlab qolmoqda. Ayni damda, O‘zilning bir haftalik daromadi 268 ming funtdan oshadi. Bu uning yoshidagi futbolchilar uchun shunchaki fantastik ko‘rsatgich.

4-o‘rin. Pol Pogba

«Manchester Yunayted» tarixidagi eng qimmat transfer sanaluvchi Pol Pogbaning maoshi ham chakana emas. To‘g‘ri, fransuz amaldagi JCH g‘olibi va maydon markazidagi eng kuchli futbolchi, biroq u «qizil iblislar»ning etakchisiga aylana olmadi. Jarohatlar va ijtimoiy tarmoqlar uning maydondagi foydali harakatlari soni kamayishiga sabab bo‘lmoqda. Boz ustiga, jamoaga Bruno Fernandesh kelgach, vaziyat yana jiddiylashdi. Aynida damda, uning xeyterlari soni ortib bormoqda. Polning o‘z ijtimoiy tarmoqlariga yuklayotgan mashinalari va soatlari esa, muxlislar tomonidan keskin tanqidga uchramoqda. Ayni damda, qahramonimiz o‘zining Manchester shahridagi so‘nggi mavsumida to‘p surmoqda. Uning kelajagi qanday ko‘rinish olishi noma’lum. «Yunayted» haftasiga 290 ming funt maosh olayotgan futbolchini jamoada olib qolishi uchun unga yangilangan va yaxshilangan shartnoma taklif etishi lozim. 100 millionlik futbolchini tekinga qo‘yib yubormaslik uchun Pogbaning maoshi ko‘tarilishi ham hech gap emas.

3-o‘rin. Rahim Sterling

Rahim Pep Gvardiolaga qadar, jamoaning omadsiz transferlardan biri sifatida dong taratgan edi. Realizasiyadagi no‘noqlik va ruhiy bosim sababli qahramonimiz juda ko‘p uchrashuvlarda anteqahramonga aylanib qolganiga ham bir necha bor guvoh bo‘lganimiz rost. Hatto, Pep kelguniga qadar Sterling jamoasini o‘zgartirmoqchi ham bo‘ldi, biroq Gvardiola uni jamoada qolishini istadi. Bu qaror esa o‘zini yakunda to‘liq oqladi. Ispaniyalik mutaxassis Sterlingdagi chaqqonlikdan maksimal foyda chiqarishni boshladi. Shu bois, vingerning sermahsulligi keskin ko‘tarilib ketdi. E’tiborlisi shundaki, Rahim so‘nggi 3 mavsumdan beri gol va assistlar borasida 25 ochkodan kam jamg‘armayapti. Uning maoshi borasida ham hech qanday e’tirozga o‘rin yo‘q. Transfer qiymati 120-140 million yevrolik futbolchi uchun haftasiga 300 ming funt normal holat.

2-o‘rin. Kevin De Bryuyne

Belgiyalik futbolchining ham ijrochi sifatida o‘sishida Gvardiolaning tutgan o‘rni beqiyos. Yarim himoyachida so‘nggi yillarda keskin progress kuzatildi. Agar jamoa YCHLda munosib ishtirok etganida, UYEFA sovrini unga o‘tib ketishi ham hech gap emas edi. Markazda universallik namoyish etuvchi futbolchi uchun "shaharliklar" maoshi 320 ming funtni maosh to‘lamoqda. Ochig‘i, qahramonimiz bu pullarni to‘liq oqlayapti desak, adashmagan bo‘lamiz. Ayni damda, sayyoramizdagi eng kuchli pleymeykerning o‘zi ham klubdan ketmoqchi emas. Shu bois, o‘rtadagi shartnoma tez orada yangilanishi mumkin. Agar bu ish sodir bo‘lsa, katta ehtimol bilan APLning eng katta maosh oluvchi futbolchisi nomi o‘zgarishi mumkin.

1-o‘rin. David De Xea

Aslida David Manchesterdagi ajoyib mavsumlardan so‘ng «Real» bilan shartnoma tuzishi lozim edi. Uzoq davom etgan muzokaralar omadsiz chiqqach, qahramonimiz jamoa bilan yangi shartnoma imzolashga qaror qildi. Jamoaning asosiy figurasini uzoqroq muddat klubda saqlab qolish va uning transfer huquqini to‘liq o‘ziniki qilishni istagan «qizil iblislar» uni APLning eng katta maosh oluvchi darvozaboniga aylantirishdi.

Afsuski, bu omil sababli David motivasiyani yo‘qotib qo‘ydi. Orzusi - «Real» Tibo Kurtua bilan shartnoma imzolagach, to‘liq ruhiy tushkunlikka tushib qoldi. Oqibatda, maydonda qo‘pol xatolar qilishni boshladi. Uning nimalarga qodir ekanligini haqida ortiqcha ta’rifning xojati yo‘q. Shunday bo‘lsada, ayni damda David o‘z maoshiga yarasha futbol namoyish etmoqda deb ham bo‘lmaydi. Nima bo‘lgan taqdirda ham fakt bu fakt! David APLning eng katta maosh oluvchi futbolchisi!

 

Shu o‘rinda e’tiboringizga ushbu ro‘yxatning kengaytirilgan ko‘rinishi taqdim etamiz. Top 20 da yozda yangi jamoaga o‘tgan 6 ta futbolchi joy olgan. Verner, Chiluell, Villian, Kavani, Beyl va Partilar ham o‘z klublari g‘aznasiga ta’sir ko‘rsatadigan shartnoma egalari sanaladi. 

Gunnerzavrga maosh to‘lay olmagan "Arsenal"ning bu ro‘yxatda 5 ta futbolchisi mavjud. Shuningdek, APLda o‘z yo‘lini topishga intilayotgan «Manchester Yunayted»ning ham 5 ta futbolchisi ro‘yxatdan o‘rin egallagan. Katta pullarni transferga sarf etishi bilan qolgan grandlarning g‘ashini keltiruvchi «Siti»ning 3 ta futbolchisi ham ro‘yxatdan o‘rin egallagan. «Tottenhem»ning esa, ikkita futbolchisigina kuchli yigirmatalikda bor. O‘tgan mavsum chempioni «Liverpul» a’zolaridan faqat ikkitasigina maoshi borasida maqtanishi mumkin.

Manba: ESPN
Kiritildi: 15:48, 16.10.2020.
O'qildi: 10387 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.