Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Anyelli nima uchun Sarrini iste’foga chiqarganini ma’lum qildi

Anyelli nima uchun Sarrini iste’foga chiqarganini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi Prezidenti Andrea Anyelli Maurisio Sarrining iste’fosi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu masala anchadan beri yopiq qolayotgan edi. Anyelli "A seriya"da g‘alaba qozongan murabbiyni nima uchun iste’foga chiqargani haqida ma’lumot berdi.

"Men ushbu klub fidoyisi sifatida to‘g‘ri qaror qabul qildim deb hisoblayman. Shu bois, barcha omillar bizning foydamizga ishlashini istamayman. G‘alaba kalitini qo‘lga kiritish uchun birinchi navbatda ichki muhitni yaxshilash lozim. Ichki muhit qanday ekanligini esa, kiyinish xonasidagi atmosferadan darrov ma’lum bo‘ladi. Afsuski, Sarri bilan yigitlar kiyinish xonasida erkin bo‘la olmadi.

Hammasi shundan boshlandi va men vaziyatni shu yerda to‘xtatdim. Shunday bo‘lsada, u klub tarixida chempion murabbiylardan biri sifatida qoladi. Uni klub muzeyiga skudettolardan birini qo‘shib qo‘ygan shaxs sifatida xotirlashadi. Men buning uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni amalga oshiraman.

Bundan tashqari, u inson sifatida ham menda juda yaxshi taassurot qoldirdi. Undan faqat iliq xotiralar qoldi. O‘zim uchun o‘zgacha insondan o‘zgacha narsalar o‘rgandim. Umid qilamanki, uning klubimizdagi o‘tkazgan kunlari jamoamiz uchun ham qaysidir ma’noda foyda keltirdi. U nafaqat futbol maydonida, balki uning tashqarisida ham o‘zgacha hayot tarzini hush ko‘ruvchi inson. U bilan suhbatlashganlarning barchasi o‘zi uchun yangi nimadir o‘rganini darrov anglaydi.

Sarri biz bilan bir mavsum bo‘lsada birga bo‘lganidan mamnunman. Asosiysi, biz birga natija ko‘rsata oldik. Chempionlik uchun undan minnatdorman."

Manba: sports.ru
Kiritildi: 16:16, 16.10.2020.
O'qildi: 5868 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.