Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Sochlari tark etganlar ramziy jamoasi

Sochlari tark etganlar ramziy jamoasi

Baho:
+ | -

Stadion.uz futbol muxlislariga o‘zining taqir boshi bilan tanilgan yulduzlardan tashkil topgan jamoa bilan tanishtirib o‘tadi.

Darvozabon: Fabyen Bartez

90 yillardagi eng taniqli darvozabonlardan biri doimo bir xil soch turmagiga murojaat etgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Yevropa va JCH g‘olibligini qo‘lga kiritgan posbon YCHLda ham zafar quchishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, uning hisobida Angliya va Fransiya chempionatining oltin medallari ham mavjud. Ayniqsa, uning boshidan Loran Blanning bo‘sa olishi futboldagi tarixiy voqealardan biri sifatida yodimizda abadiy qolgan.

Himoyachilar: Maykon

O‘z davrida 100 million yevroga baholangan qanot himoyachisini ko‘pchilik unutganicha yo‘q. Ayniqsa, «Inter» safidagi faoliyati juda yorqin kechgan futbolchi uzoq muddat davomida sayyoramizdagi eng kuchli qanot fulbeki sifatida faoliyat olib bordi. Uni hatto Joze Mourinyo ham bir necha bor dunyoning eng kuchli qanot himoyachisi deb alohida ta’kidlab o‘tgan. O‘ylashimcha, ortiqcha ta’rifga hojat yo‘q.

Vensan Kompani

Vini «Siti» tarkibida chinakam afsona darajasiga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Ayniqsa, Pep Gvardiola kelgach, uning jamoa o‘yinidagi roli yanada kattalashdi. Qahramonimiz «shaharliklar» safida Angliyadagi barcha sovrinlarni boshi uzra ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi va qarsaklar ostida «Ettixad»ni tark etdi. Ayni damda, belgiyalik sobiq futbolchi "Anderlext" murabbiylar shtabida faoliyat olib bormoqda.

Fabio Kannavaro

To‘g‘ri, Fabio faoliyatining ilk yillarida uzun sochlari shaydosi ekanligini yashirib o‘tirmagan, biroq uning qo‘lga kiritgan barcha sovrinlari aynan sochlari bilan xayrlashgan davrlarga to‘g‘ri keladi. «Yuventus», «Inter» va «Real» singari grandlar sharafini himoya qilgan futbolchi «oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan yagona himoyachisi sanaladi.

Roberto Karlos

Roberto shu qadar futbolga berilgan ediki, unga soch turmagining umuman qizig‘i yo‘q edi. Madrid klubi bilan shartnoma imzolagach, qahramonimiz bor urg‘uni zarba kuchiga qaratdi va adashmadi. JCH va Yevropa Chempionlar ligasi oltin medallariga ega chiqqan qahramonimiz barchamizning ko‘z oldimizda sochlarsiz paydo bo‘ladi. Uni endi barcha shu qiyofada yodga oladi.

Yarim himoyachilar: Robben

Gollandiyalik vinger «Chelsi»ga o‘tgach, uning sog‘lig‘ida muammolar paydo bo‘la boshladi. Oqibatda, sochlar ko‘p o‘tmay to‘kilishni boshladi. Ma’lumotlarga qaraganda, sochlarning to‘kilishiga stress holati sabab bo‘lgan. Robben tinimsiz jarohatlar sababli uzoq muddat safdan chiqib qolish evaziga ko‘p bor tushkun holatga tushib qolgan. Aynan shu omil sababli qahramonimni sochlar erta tark etgan. Qahramonimiz 3 yil davomida «Chelsi»da to‘p tepdi, keyin «Real»ga yo‘l oldi. «Bavariya»ga o‘tganida, uning boshida sochlar batamom qolmagan edi. Shunday bo‘lsada, uning kiritgan gollari jamoa muxlislarini sevgisini qozonishida ko‘mak berdi.

Klod Makalele

Tayanch yarim himoyachilari maydonda juda ko‘p aspektlar haqida bosh qotirishga majbur. Shu bois, bu pozisiyada to‘p suruvchi ko‘plab futbolchilarning soch turmaklashga hafsalasi yo‘q. Tayanch yarim himoyachilari ichida tengsiz sanaluvchi Klod Makalele ham shular jumlasidan. 8 yil davomida «Chelsi» sharafini himoya qilgan futbolchi hali-hamon turli ramziy jamoalarda ko‘rinish berib kelmoqda.

Zayniddin Zidan

Zidan futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri sanaladi. Uning nimalarga qodir ekanligi haqida Ser Aleks aytgan so‘zlarga e’tibor qarating:

«Menga 10 ta iqtidorsiz futbolchi va Zidanni bering, men bu jamoa bilan Yevropa Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonaman.»

Zidan sochlar bilan, sochlarsiz ham maydonda shedevr ko‘rsatishdan to‘xtamagan. Shu bois, muxlislar vaqt o‘tgani sari uning sochlari to‘kilib borayotganini sezmay qolgan bo‘lsa, ajab emas.

Klarens Zeedorf

Klarens futbolchilik faoliyatining ilk yillarida o‘zi uchun ideal turmak tanlashga urinib ko‘rdi. Ba’zan «afro», ba’zan esa uzun sochlar bilan maydonda ko‘rinish berdi. Hatto, kal bosh bilan yashil maydonga chiqib kelgan payti ham bo‘ldi. Aynan so‘nggi uslubdagi turmak unga juda manzur keldi shekilli, turmagini boshqa o‘zgartirmadi. Unda sovrinlar borasida hech qanday muammo yo‘q. Qahramonimiz uch xil klub ("Ayaks«, »Real«, »Milan") bilan YCHLda zafar quchgan yagona futbolchi sanaladi.

Hujumchilar: Janluka Vialli

Afsonaviy italiyalik hujumchini sochlar 1992 yilda to‘liq tark etdi. Bunga qadar «mikrofon» turmagi bilan muxlislar e’tiborini qozongan futbolchi aynan o‘sha yili «Sampdoria»ni «Yuventus»ga almashtirgan edi.

E’tiborlisi shundaki, soch turmagining o‘zgarishi Viallining gollari soniga ta’sir ko‘rsatmadi. Qahramonimiz «zebralar» safida Yevropa Chempionlar Ligasi va UYEFA kubogida zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi. 1996 yilda esa, uni «Chelsi»ga taklif etishdi. Afsonaviy hujumchi Londonda 4 mavsum to‘p surdi va o‘sha yerda butsalarini mixga ilib yubordi. Uning

Ronaldo

Ronaldo deganda deyarli barchaning ko‘z oldiga 2002 yildagi mundialda barchani dog‘da qoldirgan hujumchi kelishi turgan gap. O‘zining g‘alati turmagi bilan muxlislar qalbini egallagan hujumchi keyinroq umuman sochlardan voz kechishga qaror qildi. O‘zining bu qarorini futbolchi quyidagicha izohlaydi:

«Sochlar hujumchiga tezlikni oshirishda to‘sqinlik qiladi. Ularsiz tezlik namoyish etish bir muncha oson»

Qahramonimiz shu ko‘rinishida muxlislar qalbidan o‘rin egallagani uchun ham faoliyati so‘nggiga qadar soch o‘stirishga hojat sezmadi. Endi esa, vaziyat biroz o‘zgargan. Ortiqcha vazn va jingalak sochli Ronaldoni hozir bir deganda tanib olish mushkul.

Jamoa bosh murabbiyi: Pep Gvardiola

O‘z vaqtida Joze Mourinyo Pep Gvardiolaning sochlari yo‘q ekanligi bilan hazillashgan edi.

«U o‘z ishidan lazzat olmaydi. Shu bois, uni sochlari tark etgan.»

Albatta bu hazil. Bu so‘zlardan hech qanday mantiq yo‘q. Sochlarning to‘kilishi inson organizmi va tashqi omillar ta’sirida yuz beradi. To‘g‘ri, ayni damda Pep boshqa murabbiylar singari soch turmagiga e’tibor qaratmaydi, biroq bu unga sayyoramizning eng kuchli mutaxassisi bo‘lishiga to‘sqinlik qilmayapti. Murabbiyning o‘zi jamoasining mag‘lubiyatlari sababli stress holatga tushib qolishi sababli sochlari to‘kilib ketganini bir necha bor ta’kidlagan. Nima bo‘lgan taqdirda ham, u bugungi kunda 29 ta sovrin yutgan yagona murabbiy! Bu borada uning rekordini yaqin orada hech kim tortib olishga qodir emas.

Bonus - Hakam

Futbol muxlislari uchun Odil hakam va Kollina iboralari deyarli bir xil ma’noni anglatadi. 24 yoshida o‘gir kasallik sababli soch va qoshlaridan ayrilgan hakamni tanimagan muxlis bo‘lmasa kerak. Ayniqsa, o‘tgan asr so‘nggi va yangi asr boshida u deyarli barcha katta musobaqalar finalida ishladi. O‘zining yuqori professionalligi bilan boshqalardan ajralib turuvchi qahramonimiz hali-hamon turli reklama roliklarida ko‘rinish bermoqda. Uning sochlari tark etgani esa, hech kimni qiziqtirmay qo‘ygan. Sababi, barcha uni shu qiyofada tanidi va shu qiyofada eslab qoladi!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:59, 16.10.2020.
O'qildi: 7200 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.