Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Tur yakunlari: Fayz qaytgan o‘yingohlar, ustozidan o‘tgan shogird, AGMK nimalarni o‘zgartiryapti?

Tur yakunlari: Fayz qaytgan o‘yingohlar, ustozidan o‘tgan shogird, AGMK nimalarni o‘zgartiryapti?

Baho:
+ | -

Xalqaro maydonlarda ikki hafta davom etgan terma jamoalar ishtirokidagi navbatdagi FIFA kunlari ham yakuniga yetdi. Bu yog‘iga yana milliy chempionat bahslari davom etadi.

Xususan, 19 tur o‘yinlari bilan qaytgan O‘zbekiston super ligasi ham, Toshkent, vodiy, voha hamda Muborakdagi to‘qnashuvlar bilan tomoshabinlarni xushnud etdi. Shu o‘rinda, uzoq muddat o‘tib, stadionlarga muxlislar tashrifining yo‘lga qo‘yilganligi ham quvonarli. Tegishli idoralardan ruhsat olinib, 1000 nafar bo‘lsada tomoshabinlarning jamoalarni qo‘llab quvvatlashi uchun hozir bo‘lishi, o‘yingohlarga fayz qaytishiga, bahslar esa yanada tomoshabop o‘tishiga xizmat qilgani turgan gap.

17 oktabrda, chempionat yetakchilaridan biri AGMK “Bahrom Vafoyev“ stadionida mehmon bo‘lib, mezbonlar “Mash’al“ jamoasini 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Dastlab, Husniddin G‘ofurov birinchi bo‘limda mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Zafar Polvonov uchrashuvning so‘nggi daqiqalari o‘tib borayotgan bir paytda, o‘rtadagi tafovutni yana bittaga oshirib qo‘ydi. Shu tariqa, muborakliklar qatorasiga 5 o‘yinda ham mag‘lubiyat alamini totishdi. Turnir jadvalida esa, 19 o‘yindan so‘ng 19 ochko bilan 10 pog‘onani band etishgan. Mavsum avvalida Dilyaver Vaniyev shogirdlari ancha yaxshi taassurot qoldirgan, “Navbahor“ “Lokomotiv“ kabi jamoalar ham mag‘lub etilgan bo‘lsada, hozir jamoaning o‘yinlari bir maromda emas. Kechagi bahsdagi navbatdagi omadsizlik, klubda murabbiylar almashinuviga sabab bo‘ladimi degan savolga yordamchi murabbiy Botir Qorayev, buni rahbariyat hal etishi ammo, jamoada yaxshi o‘yin va tirishqoqlik borligini ta’kidladi. Faqatgina, yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanish bilan, natijalar yaxshilanishi mumkin ekanligi borasida fikr bildirdi. Ushbu g‘alaba orqali 42 ochko to‘plagan holda, ikkinchilikni yanada mustahkamlagan olmaliqliklar esa nihoyat, o‘zbekiston chempionatidagi o‘zaro 20 o‘yinda aynan Muborakda g‘olib bo‘ldi. Bungacha jamoa, mehmonda kechgan 9 ta o‘yindan, 7 tasida mag‘lubiyat 2 tasida durang qayd etgan edi. Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoa joriy mavsum havas qilarlik barqarorlik namoyish etayotgani, bir nechta ko‘rsatgichlar o‘zgartirilganligi bilan diqqatga sazovor. Jumladan, olmaliqliklar o‘z tarixidagi eng muvaffaqiyatli startda 6 o‘yinda mag‘lubiyatga uchramagan, ushbu mavsum bu ko‘rsatgich 13 bellashuvga uzaydi, shuningdek klub tarixidagi eng uzun mag‘lubiyatsiz serich ham 13 o‘yin bilan yangilandi. Bundan tashqari jamoa, eng uzun golli seriya ham namoyish etyapti. Klub, o‘tgan mavsumning 21 turidan joriy mavsumning 14 turigacha bo‘lgan 19 o‘yinning barchasida gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi futbol kunida, “Andijon“ “So‘g‘diyona“ni qabul qildi. O‘yinning dastlabki daqiqalarida Muhammad Yo‘ldoshev o‘z goli bilan hisobni ochgan bo‘lsa, mehmonlar safida Marko Kolakovich muvozanatni tikladi 1:1. Xuddi birinchi davrada bo‘lgani kabi jamoalar, bu gal ham bir ochkodan bo‘lishib olishdi. Shundan so‘ng, gollari, ochkolari evaziga yaxshilanishda, o‘sishda davom etayotgan Baxtiyor Hamidullayev shogirdlari 12 ochko bilan, 13 o‘rinni, ketma-ket 4 o‘yinda ham mag‘lub bo‘lmagan jizzaxliklar esa, 24 ochko bilan 9 o‘rinni band etishdi.

Muborakdagi “Buxoro“ hamda “Nasaf“ bellashuvida, mezbonlar o‘z raqiblariga yetarlicha qarshilik ko‘rsatishdi. Yakunda, nursiz durang 0:0. Bu orqali “ajdarlar“ 37 ochko bilan kuchli uchlikda, buxoroliklar esa 10 ochko bilan eng quyi, 14 o‘rinda qolishdi.

Chempionat karvonboshisi “Paxtakor“ ushbu turda “Qizilqum“ bilan to‘qnash keldi va biroz qiyin o‘tgan bahsda, zafar quchdi. Birinchi bo‘lib, Eren Derdiyok hisobni ochgan bo‘lsa, Oybek Qilichev muvozanatni tikladi. Shundan so‘ng, raqibiga teng kurash taklif etib, bir nechta vaziyatlarga ham ega bo‘lgan navoiyliklar, Farruh Sayfiyev hamda Abror Ismoilovlarning gollari evaziga, yakunda o‘z darvozalaridan yana ikkita to‘p olib chiqishga majbur bo‘lishdi, 3:1. “Sher“lar ikkita zahiradagi o‘yin bilan, hozircha 44 ochko to‘plab, peshqadamlikni davom ettirishmoqda. Hamidjon Aktamov shogirdlari esa, 17 ochko jamg‘arib, 11 pog‘onada joylashishgan.

Yakshanbada bo‘lib o‘tgan 3 ta o‘yinning birida “Surxon“ Termizda “Qo‘qon-1912“ga imkoniyatni boy berdi, 0:1. Bir taymdan ko‘proq vaqt mobaynida Shohnazar Norbekovning qizil kartochkasi tufayli, bir kishi kam bo‘lib qolgan mehmonlarga, Filip Rayevatsning goli g‘alabani ta’minladi. Shu tariqa, qo‘qonliklar 32 ochko bilan, 3 o‘rin o‘rindagi “Nasaf“ni ta’qib qilishda davom etyapti, Ravshan Haydarov boshchiligidagi termizliklar 12 ochko bilan 12 pog‘onani egallashgan.

Ushbu turning markaziy uchrashuvi, Toshkentda “Lokomotiv“ hamda “Bunyodkor“jamoalari o‘rtasida kechdi. Mezbonlar tarkibidan Temurxo‘ja Abduxoliqov hamda Kirill Pogrebnyaklarning gollariga, mehmonlardan Nurillo To‘xtasinov bir marotaba javob qaytara oldi, xolos. Yakunda, 2:1. Toshkent derbisida Temur Kapadze jamoasi, ustozi Vadim Abramov boshchiligidagi “qaldirg‘ochlar“dan ustun keldi. So‘nggi 5 ta o‘yindan 1 mag‘lubiyat va 4 g‘alabaga erishib, natijalarni yaxshilashda davom etayotgan “temiryo‘lchilar“ 25 ochko bilan ekvator chizig‘ida borishmoqda.

“Bunyodkor“ esa so‘nggi uch o‘yindagi mag‘lubiyati sababli, 29 ochko bilan, 6 o‘ringa pastlashga majbur bo‘ldi.

19 turga yakun yasab bergan qarama-qarshilik, “Navbahor“ va “Metallurg“ bahsida jamoalar murosa ko‘chasini tanlashdi, 1:1. “Lochinlar“dan Zabixullo O‘rinboyev o‘z goli bilan jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Stanislav Andreev hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa, murabbiylar shtabida o‘zgarishlar ro‘y berib, ayni paytda Numon Xasanov qo‘l ostida bo‘lgan namanganliklar 24 ochko bilan 8, bekobod vakillari 31 ochko jamg‘arib 5 o‘rindan joy olishdi.

Ortda qolgan tur yakunlari bo‘yicha qahramonlar:

Tur goli: Filip Rayevats (Qo‘qon-1912)
Futbolchi, chap qanotdan Shohnazar Norbekovning uzatmasidan so‘ng, o‘ng oyoqda darvozaning olis, yuqori burchagiga chiroyli va g‘alaba to‘pini yo‘lladi.

Tur murabbiy: Temur Kapadze(Lokomotiv) Sentyabr oyining eng yaxshi 3 murabbiyidan biri bo‘lgan mutaxassis, kecha muhim va qiyin o‘yinda kuchli raqibni yengishga muvaffaq bo‘ldi.

Tur darvozaboni: Sardor Qobuljonov(Buxoro) Darvozabon, “Nasaf“ bilan kechgan bahsda, raqiblarning xavfli hujumlari, zarbalarida 5 dan ziyod seyvlar amalga oshirib, jamoasi 1 ochko qo‘lga kiritishida katta hissa qo‘shdi.

Tur futbolchisi: Javohir Ilyosov(Lokomotiv) “Bunyodkor“ bilan o‘yinda, garchi bitta to‘p o‘tkazib yuborgan bo‘lsada, so‘nggi 10 daqiqalikkacha jamoasini bir nechta muqarrar gollardan saqlab qoldi va “temiryo‘lchilar“g‘alabasini ta’minladi.

Kelgusi 20 turda Qarshida o‘zaro ta’qibchilar “Nasaf“ hamda AGMK to‘qnashuvi bo‘lib o‘tsa, “Mash’al“ mag‘lubiyatlar zanjirini uzish uchun “Qo‘qon-1912“ bilan bahsga kiradi. Andijonlik “burgutlar“larning parvozi Toshkentda, “qaldirg‘ochlar“ga qarshi kechadi. “Buxoro“ esa, Bekobodda “Metallurg“dan ochko tortib olishga urinib ko‘radi. “Temiryo‘lchilar“ning keyingi bekati “Qizilqum“. Termizda “Surxon“ “Paxtakor“ sinovidan o‘tadi. Jizzaxda esa, turnir jadvalidagi qo‘shnilar, “So‘g‘diyona“ va “Navbahor“ bir-biriga ro‘baru keladi.


Dadajon Foziljonov tayyorladi

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:03, 20.10.2020.
O'qildi: 3650 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.