Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron 0-0 Xitoy
20/09 12:00 Gonkong 1-5 Tailand
20/09 15:00 KXDR 0-0 BAA
20/09 15:30 Fiorentina 1-1 Napoli
20/09 15:30 Yaponiya 7-0 Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe 1-0 Malaga
20/09 17:15 Andijon 1-4 Nasaf
20/09 18:00 Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone 2-0 Komo
20/09 18:00 Parma 2-1 Jenoa
20/09 18:00 Bornmut 0-1 Liverpul
20/09 18:00 Lids 0-0 Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti 5-3 Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona 1-2 OKMK
20/09 19:15 Atletiko 2-1 Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv 0-1 Neftchi
20/09 20:30 Fulhem 1-1 Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus 2-0 Atalanta
20/09 21:30 Deportivo 1-1 Betis
20/09 21:30 Vilyarreal 3-1 Levante
20/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
21/09 00:00 Valensiya 2-3 Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum
22/09 10:00 Vyetnam - O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin - Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Golovin Evropada qolishi aniq

Fransiyaning «Monako» jamoasi yarim himoyachisi Aleksander Golovin faoliyatini Yevropada davom ettirmoqchi.

Bu haqida uning agenti Oleg Artyomov xabar bermoqda. Uning aytishicha, yarim himoyachi bilan yozda PSJ va «Barselona» jamoalari qiziqish bildirgan. Mavsum so‘nggida Golovin bilan Rossiyaning bir nechta grand klublari qiziqqan, biroq futbolchi faoliyatini Yevropada yakunlashni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Golovin ayni damda «Monako» jamoasining asosiy tarkib futbolchisi sanaladi.

«Milan» «Dinamo» futbolchisini kuzatmoqda

Milanning «Milan» jamoasi «Dinamo Kiyev» himoyachisi Vitaliy Mikolenkoni kuzatishda davom etmoqda.

Goal nashrining ma’lum qilishicha, «rossonerilar» himoyachini «Yuventus»ga qarshi o‘yinida stadionda tomosha qilishni rejalashtirishmoqda.

Ayni damda, himoyachining transfer summasi 13 million yevroni tashkil etadi.

Xoland «Yuventus»ni rad etdi

Ayni damda «Borussiya Dortmund» sharafini himoya qilayotgan Erling Xoland o‘z vaqtida «Yuventus»dan kelib tushgan taklifni rad etgan.

"Calciomercato" nashrining ma’lum qilishicha, futbolchi "Molde"da to‘p surib yurgan chog‘laridayoq Turin klubidan taklif olgan, biroq jamoa bilan yana bir mavsum qolishga qaror qilgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, Xolandga faoliyatini birdaniga grand jamoada davom ettirish uchun otasi to‘sqinlik qilgan.

«Barselona»ga osiyolik futbolchi kerak

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi qishki transfer chog‘ida «Manchester Siti» himoyachisi Erik Garciyani qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi. Agar ushbu transfer amalga oshmasa, bor e’tibor «Balonya» himoyachisi Takexiro Tomiyasuga qaratiladi.

Goal nashrining ma’lum qilishicha, «Barselona» yaponiya terma jamoasi himoyachini qo‘lga kiritish uchun 10-15 million yevro atrofida sarf etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Takexiro 29 ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo‘ygan. Shuningdek, uning hisobida 3 ta assist ham mavjud.

Kulibali seriali davom etadi

Italiyaning «Napoli» jamoasi himoyachisi Kalidu Kulibali uchun kurash avjiga chiqmoqda.

«Tuttosport» nashrining ma’lum qilishicha, senegallik himoyachi uchun asosiy da’vogar endi «Manchester Siti» emas, «Liverpul»! Virjil Van Deyk safdan chiqqach, «Mersisaydliklar» qishda uning o‘rnini to‘ldirishga qodir futbolchi sotib olish uchun ishga kirishadi.

Ingliz nashrlari esa, jamoa radari Kalidu Kulabali turgani haqida ma’lumot bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, yozda «Manchester Siti» Kulibali uchun 60 million yevro taklif qilgan, biroq rad javobini olgan edi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:23, 20.10.2020.
O'qildi: 8501 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик