Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Tuxel: «Brinchi bo‘limda «PSJ» maydonda yo‘q edi»

Tuxel: «Brinchi bo‘limda «PSJ» maydonda yo‘q edi»

Baho:
+ | -

«PSJ» bosh murabbiyi Tomas Tuxel «Manchester Yunayted»ga qarshi bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi o‘yini (1:2) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Birinchi bo‘limda maydonda yo‘q edik. Bu bizning darajamiz emas. Nima uchun bunday bo‘lganini bilmayman. Na to‘p nazorati, na harakatlanish, na qarshi hujum, na kurashlar — hech bir jihatdan o‘zimizga o‘xshamadik. Bu bizning eng yomon o‘yinlarimizdan biri bo‘ldi. Shubhasiz.

Yaxshi yangiliklardan biri shuki, ortga qadam yo‘q edi. Biz 0:1 hisobida yutqaza turib, ikkinchi bo‘limda yaxshiroq o‘ynash oson edi.

Guye jarohat olgani uchun taktikaga o‘zgartirish kiritdik. Maydonga yana bir hujumkor futbolchini tushirdik. Tavakkal qildik va buning uchun o‘yin so‘ngida jazolandik. Biz uchun qiyin kun bo‘ldi.

Safimizda jarohatlangan futbolchilar ko‘p. Sifat jihatdan oqsayapmiz. Shuning uchun kelasi haftada «Istanbul»ga qarshi o‘yin bizning foydamizga ishlashiga ishonchim komil emas», – dedi Tuxel.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 09:45, 21.10.2020.
O'qildi: 3610 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик