Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya 0-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

Bugun «Atletiko» Myunhenda, «Shaxter» Madridda, «Borussiya M» Milanda, «Liverpul» Amsterdamda mehmon bo‘ladi. Prevyu

Bugun «Atletiko» Myunhenda, «Shaxter» Madridda, «Borussiya M» Milanda, «Liverpul» Amsterdamda mehmon bo‘ladi. Prevyu

Baho:
+ | -

Stadion.uz Bugun tunda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Yevropa Chempionlar Ligasi musobaqasi doirasidagi uchrashuvlar tarkibi bilan tanishtirib o‘tadi. 

"A" guruhi. "RB Zalsburg" - "Lokomotiv" (21:55)

Rossiya klublari o‘tgan mavsumdagi YECHL musobaqasida juda omadsiz ishtirok etgan edi. Kecha RPLning yaqqol peshqadam jamoasi - «Zenit» «Bryuge»ga imkoniyatni boy berib sovuq an’anani davom ettirdi. «Krasnodar» esa, Fransiyada durang qayd etdi. Bugun «Lokomotiv» ham ushbu musobaqadagi yurishini boshlaydi. Rossiya futboli tarixida hech qachon YCHLning bir mavsumida 3 ta klub ishtirok etmagan. Shu bois, o‘yinga bo‘lgan qiziqish katta. «Zalsburg» yaxshi shakllangan, jamoaviy o‘yinni birinchi planga olib chiquvchi klub. Shunday ekan, ushbu bahs intrigalarga boy o‘tishi aniq.

Taxminiy tarkiblar:

«Zalsburg»: Stankovich; Ulmer, Veber, Ongene, Valchi; Sobosloy, Yunuzovich, Mvepu, Okugava; Koyta, Daka

«Lokomotiv»: Gilerme; Jivoglyadov, Lissov, Murilo, Ribus; Jemaletdinov, Magkeev, Krixovyak, Miranchuk; Ze Luish, Lisakovich

"A" guruhi. "Bavariya" - "Atletiko Madrid" (00:00)

Bu uchrashuv tundagi eng markaziy o‘yin desak, adashmagan bo‘lamiz. So‘nggi yillarda ushbu jamoalar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar chinakam trillerga aylanib ketgani bor gap. Amaldagi chempion, Luis Suares bilan «qurollangan» «matraschilar»ni Myunhenda sinovdan o‘tkazadi. Bu uchrashuvga ortiqcha izohning hojati yo‘q aslida, biroq yo‘qotishlar haqida alohida to‘xtalib o‘tish lozim. "Atletiko"da COVID-19 sababli Kosta, Ximenes, Vrsalko, Nigeslar maydonga tusha olmaydi. «Bavariya»da ham yo‘qotishlari mavjud. Gnabri, Sane va Tillmanlar bugungi o‘yini o‘tkazib yuborishga majbur. Yo‘qotishlar borasida Simeoneda muammolar mavjud. Jamoaning asosiy futbolchilari guruhdagi eng muhim bahsda "Atletiko«ga yordam bera olmaydi. »Bavariya" esa, uzun zaxira o‘rindig‘i sababli muammoni tezda hal etishi mumkin.
taxminiy tarkiblar:

«Bavariya»: Noyer; Pavar, Zyule, Alaba, Ernandes; Kimmix, Goreska, Duglas Kosta, Myuller, Koman; Levandovski

«Atletiko»: Oblak; Tripper, Savich, Felipe, Ermoso; Lyorente, Koke, Errera, Karrasko; Feliks, Suares

«B» gurhi. «Real Madrid» - «Shaxtyor» (21:55)

Madrid super klubi «Kadis»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, juda ko‘p tanqil qilindi. Jamoaning maydondagi mobillikni ta’minlovchi futbolchilariga juda ko‘p malomat toshlari otilgani ham bor gap. E’tiborlisi shundaki, ushbu uchrashuvdan ko‘p o‘tmay ularni oldinda «El-klasiko» ham kutib turibdi. Shu bois, Ukraina klubiga qarshi Zidan qanday tarkib va taktikdan foydalanishi juda qiziq. «Dinamo» esa, «brazilcha» tomoshabob futbol namoyish etishga urinadi. Umuman olganda, qiziqarli o‘yin bo‘lishi turgan gap. 

taxminiy tarkiblar

«Real»: Kurtua; Nacho, Eder Militao, Varan, Mendi; Valverde, Kazemiro, Modrich; Asensio, Benzema, Rodrigo

«Shaxtyor»: Pyatov; Dodo, Xocholava, Bondar, Korniyenko; Markos Antonio, Marlos, Maykon; Tete, Dentinyo, Solomon

«B» guruhi. «Inter» - «Borussiya M» (00:00)

Antonio Konte ham bu uchrashuvga yaxshi kayfiyatda tashrif buyurmoqda deb bo‘lmaydi. Sababi, "A seriya"ning so‘nggi turida »Inter« azaliy raqibi - »Milan«dan alamli mag‘lubiyat qabul qilib oldi. Boz ustiga, klub qishda jamoani tark etishi aniq bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini ham tuzib chiqqani haqida xabarlar tez-tez paydo bo‘lmoqda. Shunday bo‘lsada, uyushqoq »Borussiya M«ga qarshi barcha o‘y-hayollar chetga surib tashlanishi lozim. Bu guruhdan chiqish uchun "Inter"ga juda muhim uchrashuv. Agar birinchi o‘rinni olishni reja qilayotgan bo‘lsa, jamoaning o‘z uyidagi uchrashuvlarda ochko yo‘qotishga haqqi yo‘q.

taxminiy tarkiblar

«Inter»: Xandanovich; D’Ambrozio, de Vrey, Kolarov ; Xakimi, Barella, Sensi, Vidal, Perishich; Lautaro Martines, Lukaku

«Borussiya» M: Sommer; Layner, Elvedi, Ginter, Bensebaini; Kramer, Noyxaus, Xofmann, Shtindl, Tyuram; Plea

"C" guruhi. "Olimpiakos" - "Marsel" (00:00)

Bu guruhda birinchi o‘rinni kim egallashi aniq. Shu bois, ikkinchi o‘rin uchun kurash «dahshatli» ko‘rinish olish turgan gap. «Portu», «Olimpiakos» va «Marsel» deyarli bir darajadagi jamoalar. Shu bois,ular o‘rtasida o‘ynalishi aniq bo‘lgan yagona pley-off yo‘llanmasiga kim ega chiqishi juda qiziq. E’tiborlisi shundaki, bugungi bahs yunonlarga strategik jihatdan juda muhim. Sababi, katta ehtimol bilan 2-yo‘llanma taqdiri ushbu uchta klub o‘rtasidagi o‘yinlarda hal etiladi. 

taxminiy tarkiblar

«Olimpiakos»: Sa; Rafinya, Semedu, Ba, Olebas; M’Vila, Kamara, Buxalakis; Randjelovich, Valbuena, El-Arabi

«Olimpik»: Mandanda; Sakai, Alvaro, Chaleta-Sar, Amavi; Ronje, Strootman, Sanson; Payet; Toven, Benedetto

"C" gurhi. "Manchester Siti" - "Portu" (00:00)

Pep Gvardiola shogirdlari APL ni barcha grandlar singari aralash natijalar bilan boshladi. Zich taqvim o‘z so‘zini aytmoqda, ammo jamoa mavsum oldidan yaxshi transferlarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu esa, ortiqcha bosimsiz vaziyatdan chiqib ketish imkoniyatini yaratadi. Bugungi uchrashuvda, «Siti»ga Kevin De Bryuyne va Lyaportlar yordam bera olmaydi. Shuningdek, Jezuz va Mendilar ham safdan chiqqan. Shunga qaramay, «shaharliklar» guruhdagi asosiy favorit.

Taxminiy tarkiblar

«Man Siti»: Ederson; Uoker, Ake, Ruben Diash; Rodri, Maxrez, Foden, Gyundogan, Silva; Aguero, Sterling

«Portu»: Marchesin; Manafa, Pepe, Mbemba, Zaydu Sanusi; Serjiu Oliveyra, Uribe, Otavio; Korona, Dias, Marega

"D" guruhi. "Ayaks" - "Liverpul" (00:00)

Ushbu bahsda inglizlarning qo‘li baland kelishi aniqdek tuyulmoqda, ammo vaziyat ancha chigal. Klopp Alissondan keyin, Virjilni ham qo‘ldan chiqardi. Ular jarohat olgach, jamoa endi qanday himoyalanadi? Bu savolga hali to‘liq javob olganimizcha yo‘q. «Everton»ga qarshi bahsda gollandiyalik himoyachi og‘ir jarohat oldi va deyarli 6 oyga safdan chiqdi. Bu Yurgen Klopp uchun chinakam boshog‘riq bo‘lishi mumkin. Bugun tunda «mersesaydliklar» Virjilsiz qanday to‘p surishlari katta so‘roq ostida qolmoqda.

Taxminiy tarkiblar:

«Ayaks»: Onana; Mazraui, Sxyurs, Blind, Talyafiko; Klassen, Kudus, Promes; Neres, Tadich, Antoni

«Liverpul»: Adrian; Aleksander-Arnold, Fabinyo, Gomes, Robertson; Veynaldum, Xenderson, Milner; Mane, Salax, Diogu Jota

«D» guruhi. «Mityulland» - «Atalanta» (00:00)

Taxminiy tarkiblar

«Inter»: Xandanovich; D’Ambrozio, de Vrey, Kolarov ; Xakimi, Barella, Sensi, Vidal, Perishich; Lautaro Martines, Lukaku

«Borussiya» M: Sommer; Layner, Elvedi, Ginter, Bensebaini; Kramer, Noyxaus, Xofmann, Shtindl, Tyuram; PleaBugun tunda bizni qanday uchrashuvlar kutib turibdi?! Prevyu

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:16, 21.10.2020.
O'qildi: 5087 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.