"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher hujumchi Edinson Kavani jamoa safida debyut qilish tayyor ekanini aytdi.
"Kavani sidqidildan ishlamoqda. O‘ylashimcha, ushbu turda debyut qilishga tayyor. Kavani juda tirishqoq futbolchi. U barchasi ideal darajada bo‘lishini xohlaydi.
U barchasini maromiga yetkazib, keyin maydonga tushishni istaydi. Bu professionalizmning belgisi. O‘ylashimcha, "Chelsi"ga qarshi o‘yinda u maydonga tushishi mumkin", - dedi Sulsher.
"Manchester Yunayted" - "Chelsi" uchrashuvi 24 oktyabr, shanba kuni Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.