Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Markaziy bahs oldidan «el-klasiko»dagi qiziqarli jihatlar

Markaziy bahs oldidan «el-klasiko»dagi qiziqarli jihatlar

Baho:
+ | -

Bugun barcha futbolga befarq bo‘lmagan insonlarning diqqat markazi  "el-klasiko"ga qaratilishi shubhasiz. Ikkala jamoa ishqibozlari o‘rtasida turli muzokaralar hamda qiyosiy tahlillar avj olib ulgurgan. Biz esa muhim uchrashuv oldidan muxlislarni qiziqtirgan jihatlarga to‘xtalib o‘tamiz.

Zidanning tarkib bo‘yicha tanlovi hamon sirliligicha qolmoqda.

Uchrashuv oldidan ba’zi ekspertlar kutilayotgan taxminiy tarkiblarni ishlab chiqishdi. Bu yerda Ronald Kumanning asosiy tanlagan variantini baribir bashorat qilish qiyin bo‘lmasa kerak. Garchi, niderlandiyalik mutaxassisning jamoa postiga kelganiga ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa-da, o‘yinlarning saviyasiga qarab qaysi futbolchilarni maydonga tushirishini nisbatan bilib oldik. Faqatgina Albaning haliyam so‘roq ostida qolayotganligini aytmaganda, Kuman markaziy bahs uchun jiddiy syurprizlar qilmaydigandek tuyulmoqda. O‘tgan turlarda kuzatilgani kabi bu safar ham murabbiy Messi hamda Grizmanga o‘z pozisiyalarini almashtirib o‘ynashlariga ko‘rsatma bersa kerak. Shuningdek, katta ehtimol bilan hujumchi ortidagi ampula uchun Fati va Pedri eksperimentlarini ham sinab ko‘rishi kutilmoqda. Darhaqiqat, ushbu chiziq bo‘yicha Kumanda variantlar talaygina. Yuqori sport formasiga sekin-asta qaytib borayotgan Koutinyoda ham "Klasiko"da harakat qilish uchun ortiqcha muammolar yo‘q. Markaz va orqa chiziqlarning esa ko‘pchilikka begona bo‘lmagan "Barselona"ning ishongan futbolchilariga topshirilishiga klub muxlislari o‘rganib qilishgan.
Lekin "qaymoqranglilar" ustozi bu borada o‘z hamkasbidan jiddiy farq qilishini o‘tgan mavsumdan beri isbotlab kelmoqda. Qirollik klubi La Liga  chempionligini qo‘lga kiritgan mavsumida tarkib borasida raqiblariga kutilmagan "sovg‘a"larni tayyorlab bordi. Zidan ortda qolgan 38 ta bahsni 36 xil o‘zgarish bilan yakunlagan. Bunda albatta, turli xil futbolchilar va nomlar nazarda tutilmayapti, balki ichki kombinasiyalarning rang-barangligi tilga olinmoqda. Aynan shuning uchun ham raqib jamoalar 90 daqiqa davomida doim "Real" sxemasida chalkashliklarga duch kelishadi. So‘nggi paytlardagi o‘yinlardan kelib chiqib, markaz uchligidagi futbolchilar Kross, Kazemiro hamda Modrichlarning xohlagan bittasini sal oldinroqqa chiqib harakat qilishi odatiy holga aylanib ulgurdi. Hujum chizig‘i esa katta ehtimol bilan o‘tgan "Klasiko"da samarali o‘ynagan juftlik Benzema hamda Vinisiusga topshirilsa kerak. Ushbu holatda biz Zidanning kam futbolchilardan ham ko‘p o‘zgarishlarga qo‘l ura olishi mumkinligiga guvoh bo‘lamiz.

So‘nggi "Klasiko"larda Ramos omili "Real" uchun yuqori planga chiqmoqda

Ushbu qarama-qarshilikda eng ko‘p maydonga tushgan futbolchi qirollik klubi sardori Serxio Ramos hisoblanadi. Agar u bugun asosiy tarkibdan joy oladigan bo‘lsa, ushbu bahs uning uchun 45-to‘qnashuv sifatida yozib qo‘yiladi. Ramos "Kadis" bilan o‘yinda tizzasidan kutilmaganda jarohat orttirib olib, uchrashuvni erta tark etishga majbur bo‘ldi. Shundan beri Ramos yakka tarzdagi mashg‘ulotlarda qatnashib kelmoqda. Jamoa muxlislarining bundan jiddiy xavotirga tushishlari "Shaxtyor"ga qarshi uchrashuvda asosli bo‘lib chiqdi. Markazga qo‘yilgan Militao butun o‘yin davomida qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydi. O‘zi umuman, "Real"ning Ramossiz harakat qilgan uchrashuvlari anchayin omadsiz yakunlangan - 8 ta uchrashuvdan 7 ta mag‘lubiyat. Shundan kelib chiqib ham qirollik klubini jiddiy muammo qarshisida turibdi deb ayta olamiz. Buning ustiga, yuzaga kelayotgan jarima zarbalariyu penaltilar ijrosida ushbu himoyachidan boshqa nomzod topilmayotgan ekan, bunga jiddiy muammo sifatida qarash kerak. Zero, oldinda turgan uzun mavsum hali Zidanni katta sinovdan o‘tkazadi. Lekin,  fransiyalik mutaxassis so‘nggi bergan intervyusida ispaniyalikni maydonga tushirishi mumkinligini alohida ta’kidlab o‘tgan.

"Barsa"ning so‘nggi "Klasiko"lardagi asosiy quroli o‘tmaslashib bormoqda.

Argentinalik yulduz uchun o‘zini darajasida baho beradigan bo‘lsak, joriy mavsumni u uchun rosmana omadsiz o‘tmoqda deb ayta olamiz. Leo o‘zi maydonga tushgan jami 4 o‘yinidan atigi 1 marotaba raqiblari darvozasini ishg‘ol etdi. Uning o‘yin uslubi asta-sekin pastlab borayotgani ko‘pchilikka sezilmoqda. "Barsa" forvardi so‘nggi mavsumlarni asosan assist berish bilan yakunlayapti. 25 gol bilan ham turnir to‘purari bo‘lganidan xulosa qilish mumkinki, uning yonida stabil raqobatchi yetishmayotgandek. Yaqin oradagi gollarini faqat penaltilardan yo‘llayotgan Leo "Real"ga qarshi bahslarda Ronaldu jamoasini tark etganidan beri katta sahnalarga chiqmay qo‘ydi. Bu jami 5 ta o‘yinni tashkil etadi. Garchi Kuman va Messi o‘rtasidagi rishtalar mustahkamdek ko‘rinayotgan bo‘lsa-da, hujumchining umumiy rahbariyat bilan bog‘liq munosabatlari haliyam keskinligacha qolmoqda. Lekin, xozir yuzaga kelgan muhit xar qanaqasiga o‘zi uchun noqulay kechagotgan bo‘lsa-da, Leo bu kabi katta o‘yinlarga o‘zgacha mas’uliyat bilan yondashadi. Shu o‘rinda argentinalik forvardning o‘zaro qarama-qarshiliklar to‘purari ekanligini ham ta’kidlab o‘tish kerak(26 ta gol). Messi qanday kayfiyatda bo‘lishidan qat’i nazar bu baxsga kutilmagan "sovg‘a"lar tayyorlab qo‘ygani aniq. Bu esa "oqlar" mudofaa chizig‘inining aslo konsentrasiyani yo‘qotmasliklari kerakligini anglatib turadi.

Zidan "Kamp Nou"dagi omadli an’anasini davom ettira oladimi?!

Fransiyalik murabbiy "Barsa"ga qarshi safar uchrashuvlarida qiyinchilik sezmasligi bor gap. U oxirgi 5 ta bahsning 2 tasida g‘alabaga erishgan bo‘lsa, qolgan uchtasida murosa ko‘chasini tanlashga majbur bo‘lgan. Ushbu ochkolar turli murabbiylarga qarshi o‘yinlarda qo‘lga kiritilgani sababli qiymati ancha yuqori. Lekin markaziy  hujumchi borasida qat’iy xulosaga kelolmayotgan Zidan uchun so‘nggi "Klasiko"lar anchayin og‘ir kechmoqda. Ayniqsa, jamoa dekabrdagi o‘zaro quruq natija hisobiga 17 yillik golsiz seriyasini qayta takrorladi. Buning ustiga "qaymoqranglilar" oxirgi 5 ta "Klasiko"da 6 tagina gol ura olishgan xolos. Garchi Katalon klubi hali to‘liq ichki muammolarini bartaraf etib ulgurmagan, buning ustiga darvozani hatto, Neto qo‘riqlayotgan bo‘lsa ham  hujum chzig‘ida, kombinasiyalarni samarali yakunlashda "Real"da muammolar raqibiga qaraganda ko‘proq ekanligini alohida ta’kidlay olamiz.

"Klasiko" faktlarda

"Barselona" ushbu uchrashuvga o‘z stadionida La Liga bo‘yicha o‘tkazilgan oxirgi 33 ta bahsdan 32 tasida g‘alaba qozongan jamoa sifatida tashrif  buyuradi.

Shu asnoda "qaymoqranglilar" ham so‘nggi 8 ta safar bahsini mag‘lubiyatsiz yakunlay olganlar.

"Ko‘kanorranglilar" "Real" darvozasini ishg‘ol eta olgan so‘nggi  3 o‘yinida gollar foizi har biriga o‘rtacha 2,5 tadan to‘g‘ri kelmoqda.

Ushbu turnir doirasidagi to‘qnashuvlarda "Real" bitta  g‘alaba soni bo‘yicha minimal ustunlikka ega xolos - 73:72. To‘plar nisbati bo‘yicha esa mutlaq tenglik - 288:288.

Har ikkala jamoa ham tur oldidan alamzada kayfiyatda yetib kelayotganliklari, buning ustiga qayd etilayotgan faktlar o‘rtasidagi maksimal yaqinlikni  hisobga olsak, super "Klasiko" bizni kutib turibdi.

Yusufbek tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:05, 24.10.2020.
O'qildi: 4396 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.