Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Bo‘stonlikda eng kuchli velopoygachilarimiz aniqlandi

Bo‘stonlikda eng kuchli velopoygachilarimiz aniqlandi

Baho:
+ | -

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida veloshosse bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasidagi mamlakat chempionati yakunlandi. Bugun dasturga ko‘ra musobaqaning eng qiziqarli yo‘nalishi bo‘lmish guruh poygasi yo‘nalishida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlab olindi.

Kutilganidek, erkaklar o‘rtasidagi bellashuvda tajribali sportchimiz Murodjon Xolmurodov marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi. Ayollar o‘rtasidagi esa yosh iqtidorli vakillarimizdan biri Yanina Kuskovaga teng keladigani topilmadi.

Guruh poygasi. Erkaklar, 130 km

1. Murodjon Xolmurodov
2. Nikita Stenkovoy
3. Begzod Rahimboyev

Guruh poygasi. Ayollar, 90 km

1. Yanina Kuskova
2. Anna Kulikova
3. Renata Baymetova

Poygadan so‘ng musobaqaning shu va boshqa yo‘nalishlari uchun tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Rustam Shoabdurahmonov boshchiligidagi MOQ mutasaddilari, O‘zbekiston velosiped sporti federasiyasi rahbariyati, katta sport jamoatchiligi va jurnalistlar ishtirok etdi. Tadbir davomida MOQ rahbari so‘z olib, uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng kechgan qiziqarli poyga haqida fikrlarini aytdi va sportchilarga o‘zining iliq fikrlarini bildirib o‘tdi.

Endi velosportchilarimiz kelasi haftadan trekda o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi mamlakat birinchiligida start olishadi.

Manba: velosport.uz
Kiritildi: 00:28, 25.10.2020.
O'qildi: 2538 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик