Ispaniya matbuotining yozishiga qaraganda, «Barselona» rahbariyati Lionel Messi jamoada qolganidan afsuslanmoqda. Klubning bir nechta martabali vakillari argentinalik futbolchiga nisbatan qat’iy pozisiyalarni bildirdi.
Messi yozda jamoadan ketmoqchi bo‘lib to‘polon qilganida, uni qo‘yib yuborish kerak edi, degan fikrga kelishmoqda. Endi Ronald Kuman o‘yin strukturasini to‘liq yangilashga qodir emas.
Messi joriy mavsum besh marta maydonga tushib, atigi bir marta gol urdi, u ham penaltidan. Shuningdek, Messi bir marta ham golli uzatmani amalga oshirmadi.