Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Ulug‘bek Baqoyev: “Bugun ikkita teng kuchli jamoalar o‘zaro o‘ynashdi”

Ulug‘bek Baqoyev: “Bugun ikkita teng kuchli jamoalar o‘zaro o‘ynashdi”

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasining 20-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Navbahor” (1:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “So‘g‘diyona”bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Jizzaxliklar ustozining o‘yin haqida fikrlari quyidagicha bo‘ldi.

- Bugun ikkita teng kuchli jamoalar o‘zaro o‘ynashdi. Birinchi bo‘limda bir nechta vaziyatlar yaratdik, amma raqib posboni yaxshi harakat qildi. Ikkinchi bo‘limdagi o‘yin esa biroz pala-partish tarzda kechdi. Har ikki jamoa a’zolari ham hujumlar uyushtirishdi. Yigitlarni g‘alaba bilan tabriklamoqchiman. Endi keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ramiz.

- Uchrashuv davomida hakamlarga ko‘p e’tiroz bildirdingiz. O‘yinda bahsli vaziyat ham bo‘ldi. Bugungi hakamlikka qanday baho berasiz?

- O‘sha vaziyatda biz o‘zgarishni amalga oshirishga tayyor edik. Biroq Nasimovning zaxiradan maydonga tushishi 5 daqiqaga cho‘zilib ketdi. Tushunishimcha, elektron tablo ishlamay qolgandi. Qahramonovning vaziyatida esa u qadar keskin narsa bo‘ldi, deb o‘ylamayman.

- Milan Mitrovich so‘nggi o‘yinlarda ko‘rinmay qoldi...

- U koronavirus yuqtirib olgandi. Kasallikdan tuzaldi va keyingi bahsga tayyor bo‘ladi.

- Eshitishimizga qaraganda, Mitrovich Serbiyaga uchib ketgan ekan...

- Ha, u Serbiyaga uchib ketgandi. O‘sha yerda kasallik aniqlandi va davolanib yurtimizga qaytib keldi.

Manba: “Навбаҳор” ПФК матбуот хизмати
Kiritildi: 11:27, 25.10.2020.
O'qildi: 1882 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.