Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

A seriya. «Yuventus» Ronaldusiz ikkinchi o‘yinda ochko yo‘qotdi (videosharh)

A seriya. «Yuventus» Ronaldusiz ikkinchi o‘yinda ochko yo‘qotdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 5-turi doirasida «Yuventus» o‘z maydonida «Verona»ni qabul qildi.

Butun o‘yin davomida tashabbus turinliklar tomonida bo‘ldi, ular raqib darvozasi oldida ko‘plab xavfli vaziyatlarni yaratishdi. Ammo mehmonlar darvozaboni Silvestrinig ishonchli o‘yini Pirlo jamoasini muhim ochkolardan mahrum qildi.  

Uchrashuvning 60-daqiqasida "Verona" standart vaziyatdan hisobni ochdi. Jarimadan yetkazilgan uzatmani Favilli raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Zaxiradan mayonga tushgan Kulusevski o‘yin tugashiga 12 daqiqa qolganida hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Qogan daqiqalarda "Verona" mardonavor himoyalandi va bir ochkoni qo‘lga kiritdi. "Yuventus" esa Ronaldusiz harakat qilgan ketma-ket ikkinchi o‘yinda ochko yo‘qotdi. "Keksa sinyora" beshinchi turdan keyin 9 ochko bilan jadvalda 5-o‘rinni egallab turibdi.

Italiya chempionati, 5-tur
Yuventus – Verona 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 60 Favilli, 1:1 – 77 Kulusevski.
Yuventus – Shchensni, Demiral, Bonuchchi (Frabotta, 75), Danilo, Kuadrado, Artur, Rabyo, Bernardeski (Kulusevski, 61), Remzi (Vrioni, 90), Dibala, Morata.
Verona – Silvestri, Chekkerini (Manyani, 55), Lovato, Alan Emperor, Faraoni, Ronaldu Viyeyra, Tamez (Ilich, 51), Lazovich, Kolli, Kalinich (Favilli, 55; Barak, 62), Dzakkani.
Ogohlantirishlar: Ronaldu Viyeyra (39), Lazovich (57), Alan Emperor (69), Kulusevski (90), Faraoni (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:16, 26.10.2020.
O'qildi: 3895 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик