Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Baxtiyor Hamidullayev: «Keyingi o‘yindan iloji boricha yosh futbolchilarni maydonga tushiraman»

Baxtiyor Hamidullayev: «Keyingi o‘yindan iloji boricha yosh futbolchilarni maydonga tushiraman»

Baho:
+ | -

Coca-Cola Superligasi 21-turidan o‘rin olgan «Andijon»-«Qizilqum» (0:0) uchrashuvidan so‘ng "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Hamidullayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Bugun juda og‘ir o‘yin bo‘ldi. Bugun g‘alaba qozonishimiz shart edi, lekin oldingi turda uchralgan yirik mag‘lubiyatning yigitlarga bo‘lgan ta’siri bugungi o‘yinda ham sezildi. Bugungi o‘yinda yaxshi vaziyatlar deyarli sodir etolmadik. Yigitlar 2-3 tur oldingi o‘yinlarini ko‘rsatisha olishmadi.

— Bugun g‘alabaga, aytganingizdek jamoani xarakteri yetmadi. Demak, shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak bugungi natijadan qoniqdingizmi?
— Yo‘q. Bugun Superligamiz doirasida "Sog‘lom avlod" o‘yingohidagi so‘ngi o‘yinimiz edi, bugun g‘alaba qozonishimiz shart edi. Yigitlarda shijoat, g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqni ko‘rmadim.

— Maydon markazida o‘yin yaxshi tashkillashtirilmayotgani sababi nimada deb o‘ylaysiz?
— Markazda Abdulloh Olimovni ham sinab ko‘ryapmiz, u ham jarohatidan to‘liq tiklanib ulgurmagan. Doniyor Abdumannopov ham kecha belidan jarohat olgan edi, u ham safdan chiqdi, darvozabonimiz Aslan Ahrorov ham safdan chiqdi. Bugun markazda ham xech narsa o‘xshamadi, hujumda ham o‘xshamadi, faqatgina himoyachilarimiz va darvozabonimiz yaxshi o‘yin ko‘rsatdi.

— So‘nggi turlar markazlashgan holda o‘tkazishini inobatga olib, jamoangiz ligada qolish uchun kurashayotgan paytida bu sizga muammo tug‘dirmaydimi?
— Bugun menda muammo ko‘p paydo bo‘ldi. Keyingi uchrashuvda ko‘proq yosh futbolchilarni maydonga tushiraman, bunday futbolchilar menga kerak emas!

Manba: https://t.me/fcandijan
Kiritildi: 18:35, 27.10.2020.
O'qildi: 2700 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.