Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Bugun futbol. «Surxon» - «Lokomotiv» (prevyu)

Bugun futbol. «Surxon» - «Lokomotiv» (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugun Termizda Superliga 21-turidan o‘rin olgan «Surxon» - «Lokomotiv» bahsi bo‘lib o‘tadi.

Soat 15:00da boshlanadigan uchrashuvni «Sport» kanali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatishni rejalashtirgan. Turnir jadvalida «Loko» 26 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turibdi. «Surxon» hisobida 12 ochko bo‘lib, bu jamoa 13-o‘rinda boryapti.

Bugungi bahs «Lokomotiv» uchun ikkinchi davra hisobidan safardagi 5-uchrashuv bo‘ladi. «Temiryo‘lchilar» bungacha beshta safar bellashuvida ikki g‘alaba, ikkita durang va bir mag‘lubiyat qayd etishgan.

«Surxon» bugun ikkinchi davra hisobidan o‘z maydonidagi 4-o‘yinini o‘tkazadi. Termizliklar uydagi oxirgi 4ta o‘yindan bittasida g‘alaba qozonib, uch bor mag‘lub bo‘lishdi. Xususan jamoa AGMK, «Qo‘qon-1912» va «Paxtakor»ga umumiy 0:8 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ya’ni bu o‘yinlarda maydon egalari to‘p kirita olishmadi.

«Lokomotiv» oxirgi uchta safar uchrashuvidan beri g‘alaba qozona olmayapti. Jamoa «Metallurg» va «Qizilqum» bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, «So‘g‘diyona»ga mag‘lub bo‘ldi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 14:17, 28.10.2020.
O'qildi: 2572 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик