Kirish Ro'yxatdan o'tish

Shota Arveladze: "Chempionlik sari yana bir qadam tashladik"

Shota Arveladze: "Chempionlik sari yana bir qadam tashladik"

Baho:
+ | -

Superliga 21-turdan o‘rin olgan "Mash’al" - "Paxtakor"(1:4) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Shota Arveladze fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Qishki havoda birinchi o‘yinni o‘tkazdik. Bugun havo ancha sovuq bo‘ldi. Bu maydonda o‘ynash oson emas. Mezbonlarga ham bunday maydonda o‘ynash yoqimli bo‘lmasa kerak deb o‘ylayman. Tez va chiroyli o‘yin ko‘rsatish qiyin. O‘yinni nazorat qildik, ishonchli harakatlandik. To‘rt chiroyli gol urdik. Mezbonlarda goldan tashqari yaqqol vaziyatlar bo‘lmadi. Chempionlik sari yana bir dadil qadam tashladik.

Diyor Xolmatovni yaxshi debyut bilan tabriklayman. U ilk bahsdayoq hafta golini urishga erishdi. Bizda iqtidorlar bor va ular o‘sib borishi kerak."Mash’al"da yaxshi jamoa va tizim shakllangan. Bu jamoaga omad tilayman. Bu klubdan ajoyib o‘yinchilar yetishib chiqqan", — dedi Shota Arveladze.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 20:19, 28.10.2020.
O'qildi: 2663 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик