Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
"Atletiko" ishga kirishdi
Madridning "Atletiko" jamoasi kelasi haftada "Valensiya" yarim himoyachisi Jefri Kondogbia bilan shartnoma imzolashi mumkin.
"Matraschilar" "La Liga"ning "joker" imkoniyatini ishga solishga qaror qildi va Kondogbiani qo‘lga kiritish uchun harakatni boshlab yubordi. "Le10sport" nashrining ma’lum qilishicha, Jefri allaqachon shaxsiy shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, "La Liga" qonunlariga ko‘ra, Ispaniya klublari transfer oynasi yopiq bo‘lsada, "La Liga"dan ro‘yxatdan o‘tgan futbolchilar bilan shartnoma imzolash huquqiga ega.
"Inter" niyatidan qaytgani yo‘q
"Milan"ning "Inter" jamoasi qishki transfer oynasi chog‘ida Olive Jiru bilan shartnoma imzolash haqida bosh qotirmoqda.
"Tribalfootball" nashrining ma’lum qilishicha, Antonio Konte butun mavsum davomida stabil harakat qilish uchun yana bir baland bo‘yli hujumchi lozim deb hisoblamoqda. Shu bois, "Inter" qishki transfer oynasi chog‘ida Jiru bilan kelishib olmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Antonio Konte fransuz "Chelsi" jamoasida birga faoliyat olib borishgan.
Kulibali "Liverpul"ga o‘tadimi?
Italiyaning "Napoli" jamoasi himoyachisi Kalidu Kulibali o‘zining "Liverpul"ga o‘tishi borasida mish-mishlarga oydinlik kiritdi.
"Menga o‘z klubim va o‘z shahrim juda yoqadi. Ular ham meni juda yaxshi ko‘rishadi. Bu juda yoqimli holat. Mening jamoam bilan 3 yillik shartnomam mavjud. Shu bois, xotirjamman. Men bilan juda ko‘plab jamoalar qiziqish bildirdi, ammo men hali-hamon "Napoli"daman.
Ayni damda, men o‘z yaqinlarim uchun yordam berish maqsadida klub sharafini himoya qilish haqida bosh qotiryapman. Qolganini vaqt ko‘rsatadi.", deb futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda "Goal" nashri.
Eslatib o‘tamiz, Kalidu Kulibali bilan shuningdek, "Manchester Siti" va PSJ jamoalari ham jiddiy qiziqib qolgan.
"Yunayted" futbolchisi uyiga qaytmoqchi
Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi darvozaboni Serxio Romero faoliyatini Argentinada davom ettirmoqchi.
"Goal" nashrining ma’lum qilishicha, darvozabon o‘yin amaliyotisiz qolib ketishdan charchadi va o‘zining so‘nggi mavsumlarini zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazmoqchi emas.
Manbaning ma’lum qilishicha, uning hizmatlari bilan "Rasing" jamoasi jiddiy qiziqib qolgan, biroq klub Romeroga ancha kamroq maosh taklif etmoqda. Shunday bo‘lsada, Romero katta ehtimol bilan ortga qaytib ketadi. Sababi, uning agenti bu haqida allaqachon rasmiy ma’lumot berishni boshladi.
Maksimovich trendda
"Napoli" jamoasi himoyachisi Nikola Maksimovich jamoa bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmayapti.
Shu bois, uning xizmatlari bilan Italiya grandlari qiziqib qolgan. "Calciomercato" nashrining ma’lum qilishicha, vaziyatdan "Milan" va "Inter" klublari unumli foydalanish niyatida. Ushbu jamoalar Maksimovich talab qilayotgan maosh ko‘rsatilgan 4 yillik shartnoma taklif etishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, agar "Napoli" yaqin 1 oy ichida yangi shartnoma imzolamasa, qishda himoyachi istagan klubi bilan erkin muzokara olib borish huquqini qo‘lga kiritadi.