Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

YECHL. «Chelsi» va «Borussiya D»da yirik hisobdagi g‘alaba, «Sevilya» kamchilikda o‘ynab irodali g‘alabaga erishdi

YECHL. «Chelsi» va «Borussiya D»da yirik hisobdagi g‘alaba, «Sevilya» kamchilikda o‘ynab irodali g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasining "E" va "F" guruhlarida 4 noyabr, chorshanba kuni 3-tur o‘yinlari o‘tkazildi.

«Chelsi» jamoasi o‘z uyida «Renn»ni qabul qildi. Birinchi bo‘limda Timo Verner ikki bor penaltini aniq ijro etgan holda hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa Abraham londonliklarning uchinchi goli muallifiga aylandi. Bundan tashqari, mehmonlar Dalbertning chetlatilishidan keyin bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida «Sevilya» va «Krasnodar» jamoalari o‘zaro bahs yuritdi. Kutilmaganda rossiyaliklar birinchi bo‘lim o‘rtalaridagi ikkita gol evaziga oldinga o‘tib oldi. Bo‘lim yakunlanishi arafasida Ivan Rakitich hisobni qisqartirdi. Tanaffus arafasida mezbonlar Xesus Navasning chetlatilishidan keyin bir o‘yin kam bo‘lib qoldi. Biroq ikkinchi Yussuf an-Neserining dubli kamchilik qolgan ispanlarga g‘alaba olib keldi.

"F" guruhi yetakchisi «Borussiya D» safarda «Bryugge» bilan o‘ynadi va yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Erling Holandning dubli va Torgan Azarning goli dortmundliklarga g‘alaba olib keldi.

Guruhning boshqa o‘yini avvalroq «Zenit» va «Lasio» jamoalari o‘rtasida kechdi. Unda jamoalar durang qayd etdi (1:1).

YECHL, 3-tur
4 noyabr, chorshanba

"E" guruhi
«Sevilya» Ispaniya — «Krasnodar» Rossiya 3:2
Gollar: 0:1 – 17 Suleymanov, 0:2 – 21, penalti Berg, 1:2 – 42 Rakitich, 2:2 – 69 an-Nesiri, 3:2 – 72 an-Nesiri.
Sevilya – Vaslik, Kunde (Oskar Rodriges, 34), Eskudero (Akunya, 34), Diyego Karlos, Navas, Jordan (En-Nesiri, 60), Rakitich, Gudel, Okampos, Munir (Fernando, 60), de Yong (Rekik, 83).
Krasnodar – Safonov, Chernov, Ramires (Sorokin, 46), Martinovich, Pantaleao, Gazinskiy, Utkin (Vanderson, 75), Sabua (Spersyan, 34; Klasson, 65), Olsson, Suleymanov, Berg.
Ogohlantirishlar: Kunde (16), Oskar Rodriges (49), Spersyan (51), Pantaleao (59), Berg (90).
Chetlatish: Navas (45) — «Sevilya».

«Chelsi» Angliya — «Renn» Fransiya 3:0
Gollar: 1:0 – 10, penalti Verner, 2:0 – 41, penalti Verner, 3:0 – 50 Abraxam.
«Chelsi»: Mendi, Zuma, Jeyms, Chiluell (Emerson, 63), Tiago Silva (Ryudiger, 68), Kante (Kovachich, 63), Maunt, Jorjinyo, Ziyosh (Hadson-Odoi, 75), Abraham (Jiru, 63), Verner.
«Renn»: Gomis, Agerd, Dalbert, Da Silva, Traore, Burijo, Lea Siliki (Tryuffer, 46), Terye (Doku, 62), Nzonzi (GrenYE, 62), Gboo (Del Kastiyo, 62), Girassi (Yunu, 76).
Ogohlantirishlar: Dalbert (10), Kante (26), Ziyosh (32), Jorjinyo (65), Kovachich (79), Del Kastiyo (89).
Chetlatish: Dalbert (40).

"F" guruhi
«Bryugge» Belgiya — «Borussiya D» Germaniya 0:3
Gollar: 0:1 – 14 Azar, 0:2 – 18 Holand, 0:3 – 32 Holand.
«Bryugge»: Minyole, Deli, Mata, Kossunu, Sobol, Ris, Vanaken (Sxreyvers, 85), Diatta, Vormer (Balanta, 71), Lang (de Ketelare, 76), Dennis (Krmenchik, 85).
«Borussiya D»: Byurki, Gerreyru, Mene (Morey, 84), Akanji, Daud, Brandt (Roys, 72), Reyna (Passlak, 77), Azar, Vitsel, Dileyni (Bellinghem, 72), Holand (Reynier, 84).

«Zenit» Rossiya — «Lasio» Italiya 1:1
Gollar: 1:0 – 32 Yeroxin, 1:1 – 82 Kaysedo.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 04:48, 05.11.2020.
O'qildi: 3080 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик