Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida mamlakat chempionlari aniq

Boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida mamlakat chempionlari aniq

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘z yakuniga yetdi. Qiziqarli va murosasiz o‘tgan bellashuvlar tomoshabinlarning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi.

Kutilganidek, eng qiziqarli final -60 kg vazn toifasida Osiyo o‘yinlari finalchisi Shunqor Abdurasulov va o‘smirlar Olimpiadasi g‘olibi Abdumalik Xalakov o‘rtasida kechdi. Shiddatli kurashlarga boy o‘tgan jang Xalakovning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shuningdek, o‘z vazn toifalarida Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg), Bobousmon Baturov (-69 kg), Dilshodbek Ro‘zmetov (-81 kg) kabi yetakchilar g‘alaba qozonishdi. Aliyor Noraliyev (-63 kg) jarohati sabab ringga ko‘tarilmagan bo‘lsa, Tokio-2020 lisenziati Sanjar Tursunov (-91 kg) finalda imkoniyatni boy berdi.

– 49 kg. Nodirjon Mirzahmedov – Ibrohim Ishjanov

– 52 kg. Mironshox Ibragimov – Shahzod Muzaffarov
– 57 kg. Mirazizbek Mirzaxalilov – Xurshidbek Rasuljonov
– 60 kg. Shunqor Abdurasulov – Abdumalik Xalakov
– 63 kg. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev – Aliyor Noraliyev
– 69 kg. Bobousmon Baturov – Javlonbek Yo‘ldoshev
– 75 kg. Saidjamshid Jafarov – Odiljon Aslonov
– 81 kg. Dilshodbek Ro‘zmetov – Temurxon Soburov
– 91 kg. Sanjar Tursunov – Madiyor Saidrahimov
+ 91 kg. Lazizbek Mullajonov – Jahongir Zokirov

Shuningdek, chempionatning eng yaxshi bokschisiga atalgan “Rufat Risqiyev” sovriniga Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg) va Tursunoy Rahimova (-51 kg) sazovor bo‘lishdi.

Kiritildi: 18:16, 07.11.2020.
O'qildi: 3844 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик