Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Suares: «Kim Messi bilan birga o‘ynagan bo‘lsa, faqat ijobiy fikr bildiradi»

Suares: «Kim Messi bilan birga o‘ynagan bo‘lsa, faqat ijobiy fikr bildiradi»

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Luis Suares sobiq jamoadoshi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.

«Lionel ayni paytda 33 yoshda. U istalgan vaziyatni to‘g‘rilash uchun yetarlicha tajribaga ega. Ehtimol, uning hozirgi o‘yini avvalgi kabi shiddatlimasdir, lekin u meni hayron qoldirishga davom etmoqda. Messi hatto darvozadan ancha uzoq bo‘lsa ham, har doim to‘pni darvozaga yo‘llashga harakat qiladi.

Messi bilan birga o‘ynagan barcha futbolchilar u haqda ijobiy gap aytadi. Messi bilan birga o‘ynab, undan xafa bo‘lgan futbolchi yo‘q. U haqiqatdan ham muhim futbolchi. Agar siz Messi qanchalar yosh futbolchilarga yordam berganini bilganingizda edi...

Messi keyingi faoliyatini qayerda davom ettirishini taxmin qilmayman. Agar u «Atletiko»ga o‘tishni xohlasa, men bu klub haqida unga faqat ijobiy narsalarni aytishim mumkin», — dedi Suares.

Kiritildi: 14:28, 08.11.2020.
O'qildi: 3877 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик