AS nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema La Liganing 9-tur doirasida "Valensiya"ga (1:4) qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda jarohat oldi.
Benzema uchrashuvda hisobni ochdi, lekin o‘yinning 76-daqiqasida zahiraga olindi.
Bugun 32 yoshli hujumchi jarohatining qanchalik jiddiy ekanligini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.