Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Futbolchilar nimadan qo‘rqadi? Ularning g‘alati fobiyalari haqida

Futbolchilar nimadan qo‘rqadi? Ularning g‘alati fobiyalari haqida

Baho:
+ | -

Insonlar orasida  it yoki mushukdan, ba’zan esa balandlikdan qo‘rqadiganlar yetarlicha topiladi. Futbolchilar ham bundan mustasno emas. Bugun e’tiboringizga mashhur futbolchilarining siz bilmagan fobiyalari haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Krishtianu Ronaldu

Portugaliyalik futbolchi qanchalar noodatiy tuyulmasin o‘z intervyularidan birida bizning bugungi savolimizga javob berib o‘tgan. Uning aytishicha, Krish erta olamdan o‘tishdan qattiq qo‘rqadi va doim solig‘i va xafvsizligini ta’minlashga harakat qiladi. Uning hayotda yagona qo‘rqadigan narsasi shu bo‘lib, uning umid qilishicha 90 yoshga qadar umr ko‘rmoqchi.

Killian Mbappe

U dunyoning eng kuchli himoyachilari-yu, darvozabonlaridan zarracha qo‘rqmasligi mumkin, biroq kichkinagina sichqondan o‘lardek qo‘rqadi. Jamoadoshlarining aytib berishicha, futbolchi yoshlar o‘rtasida Serbiyada bo‘lgan turnirda o‘z xonasida yotishdan bosh tortgan va u yerda sichqon ko‘rgani haqida hammaga aytib to‘polon ko‘targan. Oqibatda, mehmonxona xodimlari Mbappening xonasini almashtirishgan va uni tonggacha «qo‘riqlash» maqsadida 3 ta mushukni uning nomeriga joylashtirishgan. Futbolchining o‘zi ham fobiyasi to‘g‘risida bir necha bor teleshoularda aytib o‘tgan.

Olivye Jiru

Alf laqabli qo‘g‘irchoq o‘tgan asr so‘ngida teleekranlarning yulduziga aylangan edi. Futbolchining akalari Olivyeni aynan o‘sha qo‘g‘irchoq yordamida qo‘rqitishgan va aytganlarini so‘zsiz bajarishga undashgan. Bechora Olivye qo‘rqqanidan gohida yig‘lab yuborar, afsuski bu kichik detalga uydagilar ortiqcha e’tibor qaratishmagan. Oqibatda, futbolchi aynan shu teleqahramonni ko‘rishi bilan o‘zini yomon his qila boshlashi hozirga kelib ham  to‘xtamagan. Jiruning aytisha:

“u chinakam «monstr» va qo‘rqinchli maxluq! Men haligacha uni ko‘rishdan cho‘chiyman…”

Ueyn Runiy

Runiy bolalik davrlarida sharpalardan qattiq qo‘rqqani sababli, kechalari televizorni va xona chiroqlarini yoqib uxlar edi. Buni qarangki, bu keyinchalik odatga aylanib qoladi. Runiyning o‘zi bu haqida shunday degan edi:

«Men jim-jit va qorong‘i xonada sira uxlay olmayman.Kimdir meni ortimdan kelayotgandek tuyulaveradi. Menga yorug‘ va shovqinli xona bo‘lishi shart! Aks xolda o‘zimni yomon his qilishni boshlayman…»

Futbolchining jamoadoshlaridan biri Vidichning aytib berishicha, Runiy tunda safardan qaytish chog‘ida ham o‘z chiroqlarini yoqib olar va quloqchinlaridagi musiqaning ovozini baland qilib xotirjam uxlab keta olar ekan. Qiziq holat, shunday emasmi?

Hudson Odoi

«Chelsi» klubining kelajagi deb qaralayotgan futbolchi sekin-astalik bilan katta futbolga kirib kelmoqda. Uning fobiyasi kishini kulgisini qistasada, unda mantiq mavjud!  Gap shundaki, Hudson yoshlik chog‘larida hayvonot bog‘ida tovus bilan suratga tushayotgan paytida uning hujumiga uchragan va qush unga yaxshigina tan jarohati yetkazgan ekan. Shu sababli futbolchi bir nechta ruhshunos bilan ishlagan bo‘lsada, tovuslarga bo‘lgan  qo‘rquv uni sira tark etmadi. Hozirgi kunda futbolchining  tovuslardan doim o‘zini olib qochishga urinishini tushunsa bo‘ladi.

Marko Veratti va Fil Jons

Yaqindagina Veratti «RB Leypsig»ga qarshi bahs oldidan liftda qamalib qolgan edi. Yoshligidayoq klaustrofobiya bilan og‘riydigan qahramonimiz juda qiyin ahvolga tushib qoldi. Yaxshiyam-ki, u liftda yolg‘iz emas edi. Aks xolda, bu juda xunuk alomatlar bilan yakun topishi aniq edi. Qahramonimizni o‘zi istiqomat qiladigan uylar osmono‘par bo‘lsada, doimo zinalardan foydalanishga odatlangani bejiz emas. Uning tor joyda ruhiy bosib ostida qolib ketishi borasida ruhshunoslar hali-hamon ish olib borishmoqda.

Afsuski, futbol olamida klaustrofobiyaga chalingan yolg‘iz u emas. O‘zining turli memlari bilan barchaga yaxshi tanish bo‘lgan Fil Jons ham xuddi shu muammo bilan kurashib kelmoqda. Hozircha, barchasi foydasiz.

Denis Berkamp

Denisni «uchmas golland» laqabi ham aynan shu fobiya bilan bog‘liq. Sobiq futbolchi o‘z do‘stining aviahalokat sababli olamdan o‘tganini eshitgach, boshqa hech qachon tayyoraga chiqmaslikka qaror qiladi. Gap shundaki, u bundan avval ham bir necha bor samolyot bilan bog‘liq ko‘ngilsiz voqealarga guvoh bo‘lgan edi. E’tiborlisi shundaki, qahramonimiz o‘z qarorini o‘zgartirmaydi. Shu sabab, uni futbol olami «uchmas golland» sifatida eslab qolgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Shuningdek Radek Shirl, Uli Hennes, Paulo Gerrero va Aleksander Kerjakovlar ham parvozdan juda qo‘rqishlarini yashirib o‘tirishmaydi.

Stiven Jerrard

«Liverpul» jamoasining sobiq futbolchisi va «Glazgo Reynjers» klubi murabbiy hali-hamon turli mikrob va viruslardan qo‘rqadi. Uning  deyarli har soatda qo‘lini yuvishi «Enfild»dagilarni kulgisiga sabab bo‘lsada, Jerrard fobiyadan xalos bo‘la olmadi. U turli ruhshunoslar bilan ishlagan bo‘lsada, mikroblardan qo‘rquv uni tark etgani yo‘q. Futbolchining turmush o‘rtog‘i ham buni bir necha bor o‘z intervyularida ta’kidlab o‘tgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 13:58, 09.11.2020.
O'qildi: 6408 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.