Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

«Real»ning ikki yetakchisi «Valensiya»ga qarshi o‘yinda jarohat oldi

«Real»ning ikki yetakchisi «Valensiya»ga qarshi o‘yinda jarohat oldi

Baho:
+ | -

«Real»ning bir yo‘la ikki futbolchisi La Liga doirasida o‘tgan «Valensiya»ga qarshi o‘yinda (1:4) jarohat oldi.

Madridliklar yarim himoyachisi Federiko Valverde uchrashuvda jiddiy jarohat oldi. 22 yoshli futbolchining o‘ng oyoq boldir suyagida chatnash yuzaga kelgan.

AS versiyasiga ko‘ra, urugvaylik futbolchining tiklanishiga kamida bir oy vaqt ketadi. Jarohatning jiddiylik darajasiga qarab tiklanish jarayoni 1,5-2 oyga cho‘zilishi mumkin.

Shuningdek, Karim Benzemada ham jarohat kuzatildi. Karim uchrashuvning 76-daqiqasida zaxiraga olindi. O‘yindan keyin ma’lum bo‘lishicha, futbolchining son mushaklarida muammo paydo bo‘lgan.

Marca’ning xabar qilishicha, Benzemaning jarohati u qadar jiddiy emas va futbolchi FIFA kunlaridan keyin bo‘lib o‘tadigan «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinga (21 noyabr) qadar safga qaytadi.

Eslatib o‘tamiz, «Real»da himoyachilar Nacho, Alvaro Odriosola va Dani Karvaxal jarohat olgan. Shuningdek, Eder Militao, Kazemiro va Eden Azar koronavirus sabab karantinda bo‘lib turibdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:01, 09.11.2020.
O'qildi: 4992 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик