Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘zbekiston Kubogiga qachon qur’a tashlanishi ma’lum

O‘zbekiston Kubogiga qachon qur’a tashlanishi ma’lum

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Professional futbol ligasi 3 dekabr kuni Coca Cola Superliganing so‘nggi — 26-tur uchrashuvlarini o‘tkazishni rejalashtirgan. Shundan keyingina O‘zbekiston Coca Cola kubogi musobaqasi start oladi. 

Pandemiya tufayli, shuningdek, milliy terma jamoaning o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun sharoit yaratilishidan kelib chiqib, kubok formati avvaldan rejalashtirilgani kabi guruh bosqichi ko‘rinishida emas, balki bir o‘yindan iborat, mag‘lub jamoa musobaqani tark etadigan ko‘rinishida o‘tishiga kelishib olindi. Bu esa kubok bellashuvlariga qaytadan qur’a tashlashni taqazo etadi. 

Shu haftaning shanba kunida, ya’ni, 14 noyabr sanasida O‘zPFL bosh direktori v.b. Diyor Imomxo‘jayev “Sport” telekanalida mehmon bo‘ladi. Rejaga ko‘ra, jonli efirda tashkilot vakili barcha futbol muxlislarini qiziqtirgan savollarga javob qaytaradi. Muxlislar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni telefon qo‘ng‘irog‘i ko‘rinishida, shuningdek, sms yoki taklif etilgan messenjerlar orqali berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

“Sport” hamda O‘zPFL O‘zbekiston Coca Cola kubogiga mazkur dasturdan so‘ng qur’a tashlashga kelishib oldi. U ham jonli efirda ko‘rsatiladi. Qur’a tashlash formati hamda uchrashuvlar sanalari O‘zPFL tomonidan alohida e’lon qilinadi. Ayni vaqtda tashkilot klublar bilan bu borada fikr almashmoqda. 

Ma’lumot uchun, kubok finaliga avvaldan belgilab qo‘yilganidek, Namangan shahri mezbonlik qiladi. Finalda to‘p surish uchun Coca Cola Superliganing 14 ta, shuningdek, Pro liganing "Sho‘rtan" hamda "Oqtepa" klublari kurash olib boradi.

Kiritildi: 11:41, 12.11.2020.
O'qildi: 2517 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.