Xabar qilinishicha, "Barselona" va hujumchi Anssumane Fati o‘rtasida shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.
Kataloniya klubi rahbariyati 18 yoshli futbolchiga katta umid bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, futbolchining "Barsa" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo‘ljallangan. Kataloniyaliklar shartnomadagi tovon puli miqdorini 400 million yevroga oshirishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Yuventus" Fatiga da’vogarlik qilayotgan edi.