Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri Millatlar Ligasi doirasida Germaniya terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Germaniya - ajoyib terma jamoa, har doim kurash olib boradi. Musobaqada ular bilan tengma-teng ketyapmiz, barchasini mayda narsalar hal qiladi. Birinchi o‘yinimiz durang natijasi bilan tugagandi, garchi o‘sha o‘yinda g‘alaba qozonishni xohlagandik. Oldimizda turgan bahs - ayni paytda qanday saviyada ekanligimizni tekshirib olish uchun ajoyib imkoniyat", - dedi Rodri UYEFA rasmiy saytiga.