Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Ko‘rishingiz shart! Futbol tarixidan so‘ylovchi suratlar

Ko‘rishingiz shart! Futbol tarixidan so‘ylovchi suratlar

Baho:
+1 | -

Ushbu ruknimizdagi tarixiy suratlar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Maradona o‘zi va atrofidagi insonlar haqida juda chiroyli iborani ishlatadi. «Mening yagona do‘stim bor! U ham bo‘lsa otam. Otamdan boshqa hech kimni meni tanqid qilishga haqqi yo‘q.»

Ser Aleksning ikkita qaysar «o‘g‘illari»! Ularning ikkisi ham maydonda va uning tashqarisida o‘z obrazini yaratishga muvaffaq bo‘lgani e’tiborga molik.

Sofi Loren to‘p bilan munosabatda, uni chetroqda yosh Karlo Anchelotti, Palyuka va Maldini kuzatib turibdi.

«Real Madrid»da gollandiyalik futbolchilarning «ketmoni» uchmagan desak, adashmagan bo‘lamiz. Shunday bo‘lsada, bu yigitlar boshqa jamoalar safida YCHLda zafar quchishga muvaffaq bo‘lishgan!

2006 yildagi final uchrashuvidan so‘ng, dunyoda bitta baxtli va bitta baxtsiz inson bor edi. Baxtli inson - Marko Matteratsi bo‘lsa, baxtsiz kimsa Zidan ekanligini darrov anglagan bo‘lsangiz ajab emas.

"Engilmas Arsenal«ning shohsupaga chiqishi! Yungberg bayramni qolganlardan ertaroq boshlab yubordi. Tan olish lozim, Vengerning »Arsenal"ini o‘sha mavsumda to‘xtatib qolishning imkoni yo‘q edi.

Oliver Kan Klozening burnini yerga ishqalamoqchi shekilli...

Avvalari «Milan» va «Inter» qarama-qarshiligi «el-klassiko»ga yaqin darajada o‘tar edi. To‘qnashuvlar, yulduzlar jangi va super qarama-qarshilik! Shunday bo‘lsada, ushbu derbining «el-klassiko»dan farqi mavjud. Bu o‘yinlardan hech qachon futbolchilar o‘rtasida adovat bo‘lmaydi.

Angliya terma jamoasining uchuvchilari bilan tanishing. Afsuski, bu yigitlarning parvozi ham inglizlarga katta musobaqada g‘alaba qozonish imkoniyatini taqdim etmadi.

Uzoq yillar «Rubin»da to‘p surgan Ko‘kdengiz Karadengizni tanidingizmi? U to‘p bilan Anridan o‘zib ketmoqda!

Stadion chimi sizga yurtimizdagi ayrim stadionlarni eslatib yubormadimi? 1978 yildagi JCHda Braziliya va Ispaniya mana shunday chimda to‘p surishga majbur bo‘lgan. Natija ham 0:0! Bunday arenada boshqacha futbol namoyish etib bo‘lmaydi.

Aka-ukalar to‘qnashuvi! «Groningen» - «Feynord»! Ervin Kuman - Ronald Kuman! «Barselona» jamoasining ayni damdagi murabbiy futbolchilar oilasida tavallud topgan bo‘lib, uning otasi ham aynan «Groningen» sharafini himoya qilgan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:00, 22.11.2020.
O'qildi: 3774 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.