"Barselona" himoyachisi Jerar Pike La Liga doirasidagi 3-tur o‘yinida "Atletik"ga qarshi o‘yinda jarohat olgandi.
Ispaniya matbuotining xabariga ko‘ra, himoyachi oyog‘idan operasiya qilinishni xohlamadi. Shu sababli, Pike 4 oyda tiklanishi kutilmoqda.
Avvalroq, himoyachi 3-5 oyda safga qaytishi haqida xabarlar tarqalgandi.













