Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bavariya" ustozi: "Birinchi bo‘limda o‘zimizga muammo ortirib oldik"

"Bavariya" ustozi: "Birinchi bo‘limda o‘zimizga muammo ortirib oldik"

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik YECHL doirasida Avstriyaning «Red Bull Zalsburg» (3:1) klubi ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alaba haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bugun guruhdan chiqish masalasini o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygandik. Biroq, birinchi bo‘limda oddiy vaziyatlarda to‘pni yo‘qotib, o‘zimizga muammo ortirib oldik. Ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘yin namoyish etdik, hatto ko‘rsatilgan qizil kartochka o‘yinimizga salbiy ta’sir ko‘rsatmadi.

To‘rtta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonganimizdan xursandman. Bugungi samaradorlikdan qoniqdim, orqamizda esa dunyoning eng yaxshi darvozaboni bor», – dedi murabbiy.

Kiritildi: 13:39, 26.11.2020.
O'qildi: 1240 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик