Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

A seriya. «Lasio» o‘z maydonida yutqazdi

A seriya. «Lasio» o‘z maydonida yutqazdi

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 9-turi doirasida «Lasio» o‘z uyida «Udineze»ni qabul qilib, imkoniyatni boy berdi.

Udeneliklar tanaffusga qadar Arslon va Pussettoning gollari evaziga raqib darvozasini ikki marta ishg‘ol qilishdi. Bahsning 71-daqiqasiga kelib esa Forestyeri "Udineze"ning uchinchi golini rimliklar darvozasiga yo‘lladi.

Faqatgina shundan so‘ng "Lasio" penalti ishladi va undan Chiro Immobile unumli foydalanib, hisobni bittaga qisqartirdi. Indzagi shogirdlarining bundan ortig‘iga kuchlari yetmadi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Udineze" o‘z ochkolarini 10taga yetkazib, jadvalda 11-o‘ringa ko‘tarildi. "Lasio" esa 14 ochko bilan 9-pog‘onada qoldi.

Italiya A seriyasi, 9-tur
Lasio – Udineze 1:3 (0:2, 1:1)
Gollar: 0:1 – 18 Arslan, 0:2 – 45 Pussetto, 0:3 – 71 Forestyeri, 1:3 – 74, penalti Immobile.
Lasio – Strakosha, Radu, Acherbi, Gabarron (Pereyra, 76), Lassari, Luis Alberto (Kaysedo, 63), Kataldi (Leyva, 46), Fares (Marushich, 46), Parolo (Akpa-Akpro, 46), Korrea, Immobile.
Udineze – Musso, Larsen, Nyuytink, Samir, Zegelar (Molina, 57), de Paul, Arslan (Yayalo, 57), Pussetto, Pereyra, Forestyeri (Uolas, 80), Rodrigo Bekao.
Ogohlantirishlar: Arslan (32), Fares (44), Pereyra (45), Samir (45), Musso (73), Leyva (77), Akpa-Akpro (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:41, 29.11.2020.
O'qildi: 1624 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик