Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

No‘’mon Hasanov: «Shogirdlarimning o‘yinlarida ancha o‘sish bo‘lganligi ko‘zga tashlanmoqda»

No‘’mon Hasanov: «Shogirdlarimning o‘yinlarida ancha o‘sish bo‘lganligi ko‘zga tashlanmoqda»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 25-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – AGMK (0:0) jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi No‘’mon Hasanov ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

— Bugun muxlislar chiroyli bahsga guvoh bo‘lishdi.Har ikki jamoa mazmunli va chiroyli o‘yin namoyish etdi. Shogirdlarim ham ko‘rsatmalarimni to‘g‘ri bajarishdi. Vaziyatlar, shuningdek, to‘pni bir-biriga aniq oshirish borasida ham yigitlar raqibdan ustunlik qilishdi. O‘yindan – o‘yinga shogirdlarimning o‘yinlari ancha ochilmoqda. “Surxon”ga qarshi kechgan hamda bugungi bahsda shogirdlarimning o‘yinlarida ancha o‘sish bo‘lganligi ko‘zga tashlanmoqda. AGMK singari raqiblar bilan o‘yinda o‘sish bo‘ladi.

AGMK jamoasini joriy mavsumda 3-o‘rinni egallaganligi bilan tabriklayman va keyingi o‘yinlarda ham olmaliqlarga omad yor bo‘lishini tilayman. Bugungi o‘yin uchun raqibimizga ham o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

— Bugungi bahsda zaxiradan faqat bir futbolchini maydonga tushirdingiz, vaholanki, tarkibda o‘yinchilar ko‘p edi. Balki ko‘proq o‘zgarishlar amalga oshirilganida, “Navbahor” bugun g‘alaba qozonarmidi? Bundan tashqari, ko‘plab vaziyatlar yaratilganiga qaramay, futbolchilar ulardan foydalanishda oqsashmoqda. Ularga nima xalal beryapti?

— Qani endi, ularga nima xalal qilayotganini men ham bilsam... Bugungi bahsda ham AGMKga nisbatan ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ldik. To‘p bilan muomala qilishdayam ustunlikka erishdik, lekin...

Javlon Ibrohimovning jarohati bor edi, mashg‘ulotlarga kirishganiga endigina uch kun bo‘lgandi, shunga qaramay, uni qaydnomaga kiritgandim. O‘yinga to‘liq tayyor emasdi, agar salomatligi joyida bo‘lganida, albatta, maydonga tushirardim. Bugun hamma futbolchilarimiz yaxshi o‘ynashdi, bunday holatda o‘yinchi almashtirib, tavakkal qilish to‘g‘ri bo‘lmaydi.

G‘alaba qozonishni men ham xohladim, lekin bunday sovuq ob-havoda kimnidir zaxiradan tushib, o‘yinni kuchaytirishiga kafolat yo‘q edi. Yigitlarga bugungi uchrashuv uchun e’tirozim yo‘q. Ularning tezroq men xohlayotgan o‘yinga kirishib ketishlariga intilyapmiz. Qolaversa, zaxira o‘yinchisi almashtirib, vaqtdan yutqazishni istamadim, chunki yutuqqa erishishni xohlayotgandik.

Futbolchilarga aytdim, hammalarini bir xil ko‘rishimni tushuntirdim. Jamoa boshqaruvini olganimga endigina bir oy bo‘ldi.

Kimdir ko‘rsatmalarimni tezroq o‘zlashtiryapti, kimdir esa aksincha. Hammaning organizmi har xil bo‘ladi-ku, men xohlayotgan o‘yinni hanuz tushunmayotganlar bor. Futbolchilar bilan birga mashg‘ulot o‘tkazamiz, bir joyda yashaymiz, birga ovqatlanamiz, ularning qanday holatda ekanliklarini men yaxshi bilaman. Kim o‘yinni kuchaytira oladi, kimni maydonga tushirish kerak, men xabardorman, sizlardan esa sabr qilishingizni so‘rayman. O‘yinimizni topib olishimiz uchun biroz vaqt kerak.

Bugun ham men talab qilayotgan o‘yinga moslashganlar asosiy tarkibdan o‘rin olishdi. Zaxiradagilarning ham o‘z vaqti keladi.

Imkon qadar ushbu tarkibdagi futbolchilarni keyingi mavsumda ham saqlab qolmoqchiman, chunki ular so‘nggi yillarda birga o‘ynashgan, bir-birlarini yaxshi tushunishadi.

Bugun asosan bo‘yi baland futbolchilar maydonga chiqishdi, chunki raqibning aksariyat o‘yinchilari bo‘ydor edi. Standart vaziyatlar paytida bu yaqqol sezildi. Shunday pallada bo‘yi past futbolchini zaxiradan tushirib, tavakkal qilishni istamadim. Zaxiradan o‘yinchi tushirishimni talab qilayotganda, shunday jihatlarga ham e’tibor qaratishingizni so‘rardim. Chunki bu futbolda eng muhim narsalardan biridir. O‘tgan turda “Andijon” bilan o‘yinda ham AGMK 4ta golini ham standart vaziyatdan urdi.

Shuni ham hisobga olgandik. Faraz qiling, olmaliqliklar burchak zarbasi tepishmoqda, jarima maydonchamizga ularning himoyachilari ham kelganida, bizda faqat Igor Golban bilan Azim Ahmedov tursa, to‘g‘ri bo‘lmaydi-ku. Shuning uchun bunday holatlarda hujum chizig‘idagi bo‘ydor futbolchilar ham yordamga kelishlariga ehtiyoj tug‘iladi. Buni ham inobatga olish kerak.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 09:13, 30.11.2020.
O'qildi: 2052 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.