Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Eldor qozog‘istonlik futbolchiga yetib oldi, endi navbat Shevchenkoga

Eldor qozog‘istonlik futbolchiga yetib oldi, endi navbat Shevchenkoga

Baho:
+ | -

Stadion.uz "A seriya"da gol kiritgan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar sharafini himoya qilayotgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishtirib o‘tadi. To‘g‘ri, hozircha bu ro‘yxatda hamyurtimiz so‘nggi pog‘onada, ammo umid qilamizki u yaqin yillar ichida o‘z natijani ancha yaxshilab oladi.

Eldor Shomurodov - O‘zbekiston

Aslida, Eldor Italiyaning oliy divizionida to‘p surgan birinchi futbolchi emas. Unga qadar Ilyos Zeytullayev ushbu musobaqaning ikkita o‘yinida maydonga tushgan. «Rejina» safida «Inter» va «Yuventus»ga qarshi bahslarda o‘zbekistonlik futbolchi umumiy hisobda 38 daqiqa to‘p surgan.

Ilyos shuningdek, «Jenoa», «Peskara» singari klublar sharafini ham himoya qilgan, ammo ularning deyarli barchasi o‘sha paytlari quyi liga vakillari edi.

E’tiborlisi shundaki, Eldor so‘nggi ikki oy ichida o‘z yurtidagi eng mashhur futbolchiga aylanib ulgurdi. Sababi, u «kuchli beshlik»da gol kiritgan birinchi futbolchiga aylandi. Uning keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz.

Aleksandr Merkel - Qozog‘iston, 1 ta gol

Aslida, Merkel Qozog‘istonda tug‘ilgan, ammo u 6 yoshga to‘lganida oilasi Germaniyaga ko‘chib ketishga qaror qiladi. Qahramonimiz Germaniyada katta bo‘ladi va futbolchilik faoliyatini ham aynan Germaniyada boshlaydi. 16 yoshga to‘lganda esa, «Milan» akademiyasiga qabul qilinadi.

Afsuski, uni terma jamoaga hech kim chaqirmadi. Oqibatda, Merkel tug‘ilgan va 6 yil yashagan Qozog‘iston terma jamoasi libosini kiyishga qaror qiladi. Qahramonimiz «Milan»dan tashqari «Udineze», va «Jenoa» safida ham to‘p surgan bo‘lsada, atigi bitta gol bilan chegaralanishga majbur bo‘ladi. Ayni damda, u Qozog‘iston terma jamoasi a’zosi sanaladi.

Vitaliy Kutuzov - Belarus, 9 ta gol

Belarus futbolchisi Italiyaning naqd 4 ta klubida to‘p surgan. Avvaliga «Milan», keyin «Sampdoria», «Parma» va «Bari» jamoalarida. E’tiborlisi shundaki, Vitaliy naqd 99 ta o‘yinda maydonga tushgan, biroq 9 ta gol bilan cheklangan xolos.

Kutuzov «B seriya»ga yo‘l olgach, ishlari ancha yaxshilandi. Birinchi mavsumda 10 ta keyingisida 15 ta gol kiritdi va Italiyadagi sarguzashtlariga chek qo‘ydi.

Tomas Danilyavchivus - Latviya, 10 ta gol

Litvalik futbolchilar haqida so‘z borar ekan, avvali «A seriya»da 113 ta o‘yin o‘tkazgan Marius Stankyanvichusni eslash lozim. Himoyachi o‘zining Italiyadagi faoliyati davomida 6 ta gol kiritgan, ammo uning vatandoshi Tomas esa 10 ta gol kiritish uchun 54 ta o‘yin sarf etgan. Shu bois, bugungi ro‘yxatimizdan unga joy berdik.

E’tiborlisi shundaki, Tomas bigina «Livorno» jamoasi sharafini himoya qilgan va u o‘z vatanidagi eng mashhur futbolchilardan biri sanaladi.

Artur Ionese - Moldaviya, 12 ta gol

Kishinevda tavallud topgan futbolchi 2014 yildan beri Italiyada to‘p surib kelmoqda. E’tiborlisi shundaki, bu mavsumda «Benavento» klubi a’zosi o‘zining "A seriya"dagi 200-o‘yinida ishtirok etishi mumkin.

Ayni damda, «Verona», «Kalyari» jamoalarida to‘p surgan yarim himoyachining hisobida 183 ta o‘yin va 12 ta gol mavjud. E’tiborlisi uning gollaridan ikkitasi «Yuventus» va «Inter» darvozasidan o‘rin egallagan.

Kaha Kaldze - Gruziya, 13 ta gol

Kaha «Dinamo»dan «Milan»ga o‘tgach, o‘zini sayyoramizdagi eng kuchli klubda ekanligini his etgan bo‘lsa, ajab emas. U naqd 12 mavsum davomida Italiyada to‘p surdi. Ularning 10 tasi «Milan» klubida o‘tgani uchun ham Kaladzeni «rossonerilar» afsonasi deyish mumkin.

Kaha ortda qolgan yillar davomida Italiya chempionligi va ikki bor YECHL oltin medallariga ega chiqdi. Hatto, uni bir bor "A seriya"ning eng yaxshi himoyachisi deb ham e’tirof etishgan.

Genrix Mxitaryan - Armaniston, 14 ta gol

Armanistonlik futbolchi avvaliga «Bundesliga»da, keyin APLda va mana endi "A seriya"da faoliyat olib bormoqda. E’tiborlisi shundaki, qahramonimiz qisqa muddat ichida »Roma"ning etakchilaridan biriga aylanib oldi.

Ayni damda, uning hisobida 14 ta gol mavjud. Shuningdek, 9 ta assist ham mavjud. Agar ishlar shu tempda ketsa, tez orada Genrix ro‘yxatdagilardan hech bo‘lmasa bittasini quvib o‘tishi mumkin.

Igor Kolivanov - Rossiya, 44 ta gol

Italiyadagi futbolchilik faoliyatini «Fodja» safida boshlagan Igorni bugungi avlod muxlislari yaxshi tanimasa kerak. 7 mavsum davomida Italiyada faoliyat olib borgan futbolchi "A seriya"da ishtirok etgan 18 ta jamoa darvozasiga 44 bor gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

E’tiborlisi shundaki, rossiyalik hujumchi «Yuventus» darvozasini umumiy hisobda 4 bor ishg‘ol qilgan. Bu maqtansa arziydigan ko‘rsatgich!

Andrey Shevchenko - Ukraina, 127 ta gol

Andrey Nikolayevich bu ro‘yxatda so‘zsiz yetakchi! Buyuk hujumchi va «Oltin to‘p» egasi! "A seriya"ning ikki bor eng yaxshi to‘purariga aylangan futbolchi 226 ta o‘yinda 127 bor gol kiritgan va musobaqa tarixidagi eng sermahsul futbolchilardan biri sanaladi.

Sheva qatorasiga 3 ta mavsum davomida 24 tadan gol kiritgan kam sonli futbolchilardan biri sanaladi. Aynan u bugungi ro‘yxatimizdagi eng sermahsul futbolchi. Hozircha, albatta...

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:14, 02.12.2020.
O'qildi: 13347 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.