Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

YECHL. «Chelsi» Olivye Jiruning pokeri evaziga «Sevilya»ni yengdi, «Borussiya D» g‘alabani qo‘ldan chiqardi

YECHL. «Chelsi» Olivye Jiruning pokeri evaziga «Sevilya»ni yengdi, «Borussiya D» g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasining "E" va "F" guruhlarida 2 dekabr, chorshanba kuni 5-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Muddatidan avval keyingi bosqich masalasini hal qilib qo‘ygan «Chelsi» va «Sevilya» Ispaniyada o‘zaro bahsga kirishdi. Uchrashuv debyutida Olivye Jiru londonliklarning dastlabki golini urdi. Fransiyalik futbolchi ikkinchi bo‘lida yana uchta gol urgan holda jamoasining yirik g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa, «Chelsi» guruhda birinchi o‘rin masalasini hal qildi. Guruhning ikkinchi o‘yinida «Krasnodar» o‘z uyida «Renn»dan ustun keldi.

F guruhi guruhi yetakchilari «Borussiya D» va «Lasio» o‘zaro o‘yin o‘tkazdi. 44-daqiqada Rafael Gerreyru dortmundliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 67-daqiqada Chiro Immobile penaltidan urilgan gol evaziga muvozanatni tikladi. Bu durang dortmundliklarga keyingi bosqich eshiklarini ochdi.

Guruhning narigi o‘yinida «Zenit» safarda «Bryugge»ga yutqazdi. Ikkinchi yo‘llanma taqdiri so‘nggi turda kechadigan «Lasio» — «Bryugge» uchrashuvida aniq bo‘ladi.

Chempionlar Ligasi, 5-tur
2 dekabr, chorshanba
E guruhi
«Sevilya» Ispaniya — «Chelsi» Angliya 0:4
Gollar: 0:1 – 8 Jiru, 0:2 – 54 Jiru, 0:3 – 74 Jiru, 0:4 – 83, penalti Jiru.
«Sevilya»: Pastor, Serxi Gomes, Navas (Kunde, 59), Diyego Karlos, Rekik, Oskar Rodriges (Jordan, 60), Gudel, Vaskes (Munir, 66), Rakitich (Oliver Torres, 75), Idrissi (Okampos, 60), an-Nesiri.
«Chelsi»: Mendi, Ryudiger, Aspilikueta, Kristensen, Emerson, Pulishich (Maunt, 67), Kovachich (Ziyosh, 67), Havers (Kante, 67), Jorjinyo (Gilmor, 85), Hadson-Odoi, Jiru (Verner, 84).
Ogohlantirishlar: Gudel (15), Kovachich (37), Idrissi (42), Pulishich (43), Serxi Gomes (82), Maunt (90), Ziyosh (90), Jordan (90).

«Krasnodar» Rossiya — «Renn» Fransiya 1:0
Gol: 1:0 – 71 Berg.

F guruhi

«Bryugge» Belgiya — «Zenit» Rossiya 3:0
Gollar: 1:0 – 33 de Ketelare, 2:0 – 58, penalti Vanaken, 3:0 – 73 Lang.

«Borussiya D» Germaniya — «Lasio» Italiya 1:1
Gollar: 1:0 – 44 Gerreyru, 1:1 – 67, penalti Immobile.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:25, 03.12.2020.
O'qildi: 3357 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик