Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zbekiston Kubogi chorak finaliga qachon qur’a tashlanishi ma’lum

O‘zbekiston Kubogi chorak finaliga qachon qur’a tashlanishi ma’lum

Baho:
+ | -

Bugundan e’tiboran 16 klub O‘zbekiston Coca Cola kubogi g‘olibligi uchun kurashga kirishadi. 7-8 dekabr kunlari jami 8 ta uchrashuv tashkil etilib, chorak final ishtirokchilari aniqlab oladi.

Nimchorak finalning so‘nggi uchrashuvi ertaga — 8 dekabr kuni o‘tkazilib, unda “Paxtakor” va “So‘g‘diyona” jamoalari o‘zaro kurash olib boradi. Shu bilan chorak finalning barcha ishtirokchilari aniq bo‘ladi.

O‘zPFL hamda “Sport-TV” o‘zaro kelishib, chorak final uchun qur’a tashlash marosimini yuqorida ko‘rsatilgan o‘yin yakuniga yetishi bilan o‘tkazishga qaror qildi. Bu jamoalarga keyingi raqiblarga qarshi tayyorgarlik ko‘rish imkonini taqdim etadi.

Qur’a avvalgi sodda formatda o‘tadi. Bunda savatchadan birinchi olingan klub chorak finalni o‘z maydonida o‘tkazadi, keyingi jamoa esa o‘z-o‘zidan uning raqibiga aylanadi.

Kiritildi: 12:43, 07.12.2020.
O'qildi: 3882 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик