Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/10 00:00 Real Madrid 0-4 Barselona
27/10 16:30 Parma 1-1 Empoli
27/10 17:15 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
27/10 18:00 Leganes 3-0 Selta
27/10 19:00 Lasio 3-0 Jenoa
27/10 19:00 Monsa 2-2 Venetsiya
27/10 19:00 Chelsi 2-1 Nyukasl
27/10 19:00 Vest Xem 2-1 Man. Yunayted
27/10 19:00 Kristal Pelas 1-0 Tottenhem
27/10 20:15 Xetafe 1-1 Valensiya
27/10 21:30 Arsenal 2-2 Liverpul
27/10 22:00 Inter 4-4 Yuventus
27/10 22:30 Betis 1-0 Atletiko
28/10 00:45 Fiorentina 5-1 Roma
28/10 01:00 Real Sosyedad 0-2 Osasuna
28/10 16:00 OKMK - Neftchi
28/10 18:15 Dinamo - Nasaf
29/10 01:00 Malyorka - Atletik Bilbao
29/10 22:30 Lechche - Verona
29/10 22:30 Kalyari - Bolonya

APL klublarining bu mavsumdagi eng yaxshi transferlari (Ramziy jamoa)

APL klublarining bu mavsumdagi eng yaxshi transferlari (Ramziy jamoa)

Baho:
+ | -

Stadion.uz bu mavsumda APL klublari tomonidan amalga oshirilgan eng yaxshi transferlardan tashkil topgan jamoani taqdim etadi.

Darvozabon. Alfonso Areola

Aslida, bu pozisiyada Eduardo Mendi bo‘lishi lozim edi, biroq gap APL haqida borar ekan «Fulhem» darvozabonini alohida e’tirof etish lozim. Qahramonimiz 10 ta uchrashuvda 40 seyvni ijro etdi va mavsum kashfiyotlaridan biriga aylanib bo‘ldi. U ayni damda, Parkerning jamoasini APLda saqlab qolish uchun eng ko‘p ter to‘kayotganlardan biri sanaladi.

Himoyachilar

Timoti Kastan

«Lester» jamoasi himoyachisi bo‘lishidan avval, "Atalanta« klubida Kastan deyarli ko‘zga ko‘rinmas futbolchi edi. Timoti Chiluellning o‘rnini to‘ldirish maqsadida xarid qilingan edi. U shu qadar ishonchli to‘p suryaptiki, hatto Benning »Chelsi"ga o‘tib ketganini ham hech kim eslamayapti.

Ruben Diash

«Manchester Siti» yozda qimmatbaho himoyachi uchun 68 million yevro sarf etgan edi. Portugaliyalik futbolchi sekin-astalik bilan o‘z transferini to‘liq oqlashni boshladi. Ayni damda, «Siti» APLda «Tottenhem»dan keyingi o‘rinda to‘p o‘tkazib yubormoqda. Bunda Diashning o‘rni katta. Katta ehtimol bilan, himoyachi Vinsant Kompanining o‘rnini egallaydi.

Tiago Silva

Silva butun faoliyati davomida turli jamoalar sharafini munosib himoya qilib keldi. Shu yoshida esa, dunyoning eng shiddatli chempionatiga o‘tishdan qo‘rqmagani e’tiborga molik. U Lempard jamoasining tobora kuchayib borayotgani uchun asosiy sabablardan biri sanaladi. Silva darvozabon o‘zini erkin his qilishi uchun markaziy himoyadagi deyarli barcha muammolarni bartaraf etib kelmoqda. «Chelsi» esa, bu futbolchini erkin agent maqomida qo‘lga kiritgani tahsinga sazovor.

Serxio Regilon

«Real» jamoasi hali-hamon uni tarkibda olib qolmagani uchun afsus chekayotgan bo‘lsa, ajab emas. Sababi, Regilon qanotda almashtirib bo‘lmas futbolchiga aylanib bo‘ldi. Joze esa, unga yetarlicha ishonch kreditlarini taqdim etishdan davom etmoqda. Agar himoyachi shu tempda davom etsa, tez orada Madrid super klubi uni ortga qaytaradi.

Yarim himoyachilar

Allan

«Everton» klubiga Anchelottining taklifi bilan tashrif buyurgan futbolchi kutilganidek asosiy tarkib a’zosi ga aylandi. E’tiborlisi shundaki, tayanch yarim himoyachisi deyarli barcha o‘yinda muhim figuraga aylanib bormoqda. Uning hisobida allaqachon 38 ta to‘p uchun kurashlardagi g‘alaba mavjud. Bu ko‘rsatgich, APLning markaziy himoyachilar uchun ham yetib bo‘lmas cho‘qqidek gap.

Ross Barkli

Barkli «Chelsi»da keraksiz futbolchiga aylangach, uni jamoa Birmingemga ijara asosida jo‘natib yubordi. Barkli esa, "Aston Villa«ning almashtirib bo‘lmas futbolchiga aylanib oldi. E’tiborlisi shundaki, u maydon markazida deyarli barcha ishni amalga oshirmoqda. To‘p uchun kurashdan tortib so‘nggi zarbagacha. Umuman olganda, »Chelsi" o‘z futbolchisini qishdayoq ortga qaytarib olishga tayyor.

Xames Rodriges

Qahramonimiz qisqa muddat ichida APLni zabt etdi desak, adashmagan bo‘lamiz. 10 ta xavfli hujum yaratgan, 3 ta gol va yana shuncha asisstni ijro etgan futbolchi ro‘yxatimizning asosiy yetakchilaridan biri sanaladi. U «irislar»ning deyarli barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanishi mumkin.

Hujumchilar

Diogo Jota

«Liverpul» yozda Mbappeni qo‘lga kiritishga qodir emas edi. Shunday bo‘lsada, Klopp «Vulverhempton» hujumchisini safga qo‘shib olishga qaror qildi. Yakunda esa, aynan u «Liverpul»ni og‘ir vaziyatdan olib chiquvchi qahramonga aylandi. U «Liverpul»ning oldingi chizig‘idagi uchlikka yetarlicha raqobat taqdim etmoqda.

Kallum Uilson

«Nyukasl»ga o‘tishidan avval «Bormunt» a’zosi sanalgan Uilson yaxshi o‘rganilmagan futbolchi edi. Yangi klubida esa, u juda erkin o‘zini his etmoqda. Ortda qolgan turlar davomida 7 ta gol va 2 ta asisstni amalga oshirgan hujumchi APLni qayta zabt etishda davom etmoqda.

Timo Verner

Timo chinakam nemis hujumchisi. U maydondagi barcha harakatlarini oldindan hisoblab olgandek taassurot qoldirmoqda. Aslida, u sof hujumchi emas, biroq Lempardga shunisi qulay. Agar Jiru yoki Abraham safda bo‘lsa, u qanotda paydo bo‘ladi. Agar ular bo‘lmasa, bemalol markazda paydo bo‘lishi mumkin. U har yerda foydali futbolchi. Hozircha, u o‘z maksimumiga yetganicha yo‘q, ammo o‘sishda davom etsa natija tez orada keladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:22, 07.12.2020.
O'qildi: 3569 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.