Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Alisher Shog‘ulomov: «Navbahor»ning mahorat bobida ustun ekanligi ko‘rinib turdi»

Alisher Shog‘ulomov: «Navbahor»ning mahorat bobida ustun ekanligi ko‘rinib turdi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan “Oq-tepa” – “Navbahor” (0:2) uchrashuvidan so‘ng, “Oq-tepa” jamoasi rahbari Alisher Shog‘ulomov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Ko‘rdinglar, ajoyib muhit ostida o‘yin bo‘lib o‘tdi. Ko‘p yosh futbolchilarimizni sinovdan o‘tkazib oldik. Ular o‘zlaridan yomon taassurot qoldirishmadi. O‘zimizning o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qildik, bir qator vaziyatlardan foydalana olmadik. Baribir, “Navbahor”ning mahorat bobida ustun ekanligi ko‘rinib turdi. Tarkibida Aziz Turg‘unboyev, Igor Golban kabi futbolchilari bor.  Raqibni g‘alaba bilan tabriklaymiz.

Bilasiz, jamoamizga tajribali futbolchilarni taklif qilmaganmiz. Tarkibdagi o‘yinchilar bilan mavsumni o‘tkazdik. Futbolchilar orasidagi farq sezildi, baribir. Uslubimiz paslar bilan o‘ynash, himoyadan hujumga paslar bilan chiqish.

Ispaniyalik murabbiy kelmasidan avval ham shu futbolni o‘ynayotgandik. U ham bunga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Keyingi yil jamoani to‘liq yoshartiramiz. Jamoamizga bir necha futbolchilarni jalb qildik. Argentinadan futbolchi taklif qilganmiz. Uning masalasi 60 foiz hal bo‘lgan.

Bu yilgi Pro-liga bahslari juda qiziqarli o‘tdi. “Neftchi” – “Turon” o‘yinidagi vaziyatga munosabatim shunday, u yerda muxlislarning aybi bo‘lmadi. Fikrimcha, mojaro ”Neftchi”ning yoshi katta futbolchilarining aybi bilan bo‘ldi. Mansur Saidov, Dilyorbek Ermatov vaziyatni  nazorat qilishlari kerak edi. Yoshlar qiziqqon, baribir. Hissiyot, jahl bo‘lgan taqdirda yoshi kattalar qayerga qarayotgandi? O‘yinchilarni tinchlantirib, kiyinish xonasiga olib kirishi kerak edi.

Ushbu vaziyatda yoshlarni tinchlantirish maqsadga muvofiq bo‘lardi. Farg‘onadagi muhitda futbol o‘ynash har bir futbolchining orzusi hisoblanadi. “Turon”ni Superligaga yo‘llanma olgani bilan tabriklayman", — dedi Shog‘ulomov.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 22:16, 07.12.2020.
O'qildi: 1674 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик