Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mino Rayola Sulsherni tanqid qildi

Mino Rayola Sulsherni tanqid qildi

Baho:
+ | -

Mashhur futbol agenti Mino Rayola «MYU» bosh murabbiyi Sulsherni ijtimoiy tarmoq orqali tanqid qilib chiqdi. Gap shundaki, biroz avvalroq norvegiyalik mutaxassis «Borussiya» hujumchisi Erling Holandni Romelu Lukaku bilan solishtirgan edi.

"Sulsher yaxshi murabbiy, samimiy inson. Lekin yuqorida aytgan gaplari umuman mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Holand hali yosh, lekin uning darajasi Lukakunikidan ancha yuqori. Ikkalasi o‘rtasidagi o‘xshashlik faqat libosdagi 9-raqam xolos. Men shu paytgacha hali hech Holanddek stabil markaziy hujumchini ko‘rmagan edim. U menga Ronaldu va Zlatanni eslatib yuboradi. Erling ko‘proq Ibraga o‘xshab ketadi. Sulsher futbolchilarni solishtirguncha Pogba masalasida bir qarorga kelsin", - deydi Rayola.

Manba: tuttosport
Kiritildi: 20:57, 08.12.2020.
O'qildi: 2553 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик