Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Dahshat! «MYU» futbolchilari Pogbani ketishini istamoqda!

Dahshat! «MYU» futbolchilari Pogbani ketishini istamoqda!

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Xalk qaytadi!

Portugaliyaning «Portu» klubi Xalk bilan muzokaralarga kirishdi.

Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, futbolchi bilan «Portu» jamoasi jiddiy qiziqib qolgan bo‘lib, ular allaqachon braziliyalik futbolchiga ikki yillik shaxsiy shartnoma taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Xalk «Shanxay SIPG» bilan xayrlashgan va erkin agent maqomiga ega.

Dahshat! «MYU» futbolchilari Pogbani ketishini istamoqda!

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba klubni tark etishga juda yaqin turibdi.

"Evening News" nashrining ma’lum qilishicha, klub futbolchilari jamoaning omadsiz o‘yinlarida Pol Pogba va Ole Gunnar Sulsherni bosh aybdor deb hisoblashmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, ayrim futbolchilar Pol Pogbaning transferga qo‘yilishini juda istamoqda. Shuningdek, Sulsherning ham is’tefosi tarafdorlari ko‘paymoqda.

Jons nishonda

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi markaziy himoyachisi Fil Jons faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.

"Goal" nashrining ma’lum qilishicha, katta ehtimol bilan qishda klub o‘z himoyachisini boshqa jamoaga qo‘yib yuboradi.

Manbaning ma’lum qilishicha, bu APL klubi bo‘lishi aniq, biroq da’vogarlar soni juda ko‘p. Ayni damda «Vest Hem» ilk rasmiy taklif bilan chiqqan klublardan biri sanaladi.

«Lasio» hujumchisi nishonda

«Yuventus» va «Milan» jamoalari Rimning «Lasio» klubi hujumchisi Xoakin Korrea bilan shartnoma imzolash niyatida.

Ushbu klublar 26 yoshli futbolchining transferi uchun katta pul sarflashlari lozim. Ayni damda, uning transfermarketdagi narxi 55 million yevroni tashkil etmoqda.

"Calciomercato« nashrining ma’lum qilishicha, »Atletiko Madrid" ham hujumchi bilan qiziqib qolgan, biroq Korreaning o‘zi Italiyada qolishni istamoqda.

«Lids» bo‘sh kelmayapti

Angliyaning «Lids» jamoasi elitada uzoqroq muddat qolish maqsadida transferlarga zo‘r berishga qaror qildi.

Goal nashrining ma’lum qilishicha, klub nishonida «Tottenhem»ning sobiq futbolchisi Markus Edvards mavjud. Futbolchini o‘z zamonasining eng iqtidorli futbolchi deb hisoblangan, ammo Londonda o‘zini ko‘rsata olmagan edi.

Ayni damda, «Gimarayesh» sharafini himoya qilayotgan 22 yoshli futbolchining agenti mijoziga kelib tushgan taklifni tasdiqladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:32, 10.12.2020.
O'qildi: 11983 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.