Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Mana buni dramatik yakun desa bo‘ladi! (Foto)

Mana buni dramatik yakun desa bo‘ladi! (Foto)

Baho:
+1 | -

Kechagi Yevropa Chempionlar ligasi bahslaridan birida juda qiziq voqea sodir bo‘ldi.

Madridda kechgan «Real Madrid» va «Borussiya M» o‘rtasidagi bahsda qiziqarli voqea sodir bo‘ldi. Uchrashuv «Real»ning ishonchli (2:0) g‘alabasi bilan yakunlandi, ammo nemis klubida guruhdan chiqish uchun imkoniyat mavjud edi. Gap shundaki, parallel o‘tayotgan o‘yin natijasi nemis klubini keyingi bosqichga olib chiqishi mumkin edi.

Milanda bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvda «Inter» « »Shaxtyor« bilan nursiz durang qayd etayotgan edi. Bu natija, yengilgan bo‘lsada »Borussiya M« uchun kvartetda 2-o‘rinda qolish imkoniyatini taqdim etar edi. Shu bois, futbolchilar »Real"ga engilgan bo‘lsada, uchrashuvni katta ekranda tomosha qilish maqsadida stadionda qolishdi.

Ular o‘yinni kiprik qoqmay tomosha qilishdi. Gap shundaki, ikki tomondan biri kiritgan gol ularni Yevropa Ligasiga ravona qilishi mumkin edi. Shu bois, ular ikki jamoaga ham omadsizlik tilashdan boshqa hech narsa qila olishmadi.

O‘yinning so‘nggi daqiqalari juda asabiy o‘tdi. «Inter» hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda bir nechta standartlarni ijro etibgina qolmay, gol kiritishi ham mumkin edi. Hatto, hakam qo‘shib bergan 7 daqiqa esa, chinakamiga asablarni taranglashtirdi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Shunga qaramay, Milan shahridagi arenada hisob o‘zgarmadi. «Inter» va «Shaxtyor» qancha urinishmasin keyingi bosqichga chiqa olishmadi. Bundan «Borussiya M» unumli foydalandi. Ular Milandagi hakamning final hushtagini eshitishlari bilan stadionga tushib kelishdi va «Real Madrid»dan ham yaxshiroq uni nishonlashdi.

Futbol qiziq sport ekanligiga yana bir bor amin bo‘lishingiz mumkin. 90 daqiqa davomida «Real»ga mag‘lub bo‘lgan klub boshqa uchrashuv natijasiga ko‘ra pley-offga yo‘llanma olmoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:11, 10.12.2020.
O'qildi: 10534 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.